Jamiyat

Elektr energiya eng arzon davlatlar: Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?

© Fotolia / Aleksandr VolkovElektricheskiye lampochki
Elektricheskiye lampochki  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Oʻzbekiston aholi uchun eng arzon elektr energiyasi boʻyicha jahon reytingida 7-oʻrinni egalladi.
TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Oʻzbekiston aholi uchun eng arzon elektr energiyasi boʻyicha jahon reytingida 7-oʻrinni egalladi. Tegishli maʼlumotlar Britaniyaning Cable.co.uk ekspert portali tomonidan taqdim etilgan.
Plotina Sangtudinskoy GES v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.12.2021
Dunyoda
Tojikiston va Turkmanistonga “Markaziy Osiyo energiya halqasi”ga qaytish taklif etildi
Mutaxassislar 230ta davlatda elektr energiyasi narxlarini tahlil qilishdi. Maʼlum boʻlishicha, eng arzon energiya manbalari - Shimoliy Afrika, Sahroi Kabirdan janubiy Afrika va sobiq SSSR davlatlarida.
Qirgʻiziston Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi hisoblanadi. U jahon reytingida 4-oʻrinni egalladi, fuqarolar bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 0,017 $ toʻlaydi.
Tojikiston bir kilovatt-soat narxi 0,023 $ bilan 6-oʻrinni egalladi.
Oʻzbekistonda aholi uchun elektr energiyasi 0,027 $ tashkil qiladi. Bu jahon reytingida 16-oʻrinda boʻlgan Qozogʻistondan (0,039 dollar) arzonroq.
Dunyoda eng qimmat elektr energiyasi Karib dengizi, Tinch okeanining olis orol davlatlari, shuningdek, Germaniya va Somalida, bu mamlakatlar aholisi bir kilovatt-soat uchun 0,30 dan 0,69 $gacha toʻlashlari lozim.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala