Konstitutsiyani 2022-yilda yangilash rejalashtirilmoqda – Mirziyoyev bildirgan takliflar

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2021
Obuna bo‘lish
Prezident Asosiy qonunning yangi loyihasini tayyorlash, uni umumxalq muhokamasiga qo‘yish va bildirilgan takliflar asosida takomillashtirish zarurligini ta’kidladi.
TOShKENT, 8 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Konstitutsiya qabul qilinganining 29-yilligi munosabati bilan tabrikladi. Tabrik matni davlat rahbari saytida chop qilindi.
Mirziyeyovning ta’kidlashicha, bugungi shiddatli davr zamonga mos harakat va o‘zgarishlarni talab etmoqda. Ana shunday talabga javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega bo‘lish uchun Asosiy qonunning yangi loyihasini tayyorlash, uni umumxalq muhokamasiga qo‘yib, bildirilgan takliflar asosida takomillashtirish zarur.
“Ushbu muhim siyosiy hujjatni 2022-yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30-yillik bayrami nishonlanadigan kunlarda qabul qilish, o‘ylaymanki, milliy davlatchilik an’analarimizga, xalqimiz manfaatlariga munosib ish bo‘ladi”, - deyilgan tabrik matnida.
Davlat rahbari Konstitutsiyaga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartirishlarni sanab o‘tdi:
ilgari amal qilib kelgan "davlat — jamiyat — inson" tamoyilini "inson — jamiyat — davlat" deb o‘zgartirish, uni milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotda mustahkamlash;
iqtisodiy islohotlar jarayonida inson manfaatlarini ta’minlash;
"Jamiyat — islohotlar tashabbuskori" degan ezgu g‘oya doirasida Asosiy qonunda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomini konstitutsiyaviy jihatdan mustahkamlash;
Bosh qomusda oila institutini rivojlantirish, ezgu insoniy qadriyatlarni kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha konstitutsiyaviy asoslarni belgilash;
yoshlarning huquq va manfaatlarini to‘la ta’minlash maqsadida yoshlar sohasidagi davlat siyosati, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi, ularning huquq va burchlarini konstitutsiyaviy darajada aks ettirish;
"Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat" tamoyilini konstitutsiyaviy qoida sifatida muhrlash;
inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaldagi tizimning samarasini oshirish maqsadida Konstitutsiyada bolalar mehnatiga yo‘l qo‘ymaslik, nogironlar, keksa avlod vakillarining huquqlarini ishonchli himoya qilish masalalarini aks ettirish;
Konstitutsiyaga ekologiyaga oid maxsus boblar kiritish;
Uchinchi Renessansning to‘rt uzviy halqasi bo‘lmish bog‘cha, maktab, oliy ta’lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish masalalarini konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo‘yish.
“Albatta, Konstitutsiyani yangilashdek g‘oyat muhim, strategik vazifani hal etishda biz yetti marta emas, yetmish marta o‘ylab, xalqimiz bilan har tomonlama maslahatlashgan holda, yurtimiz va jahondagi ilg‘or tajribalarni chuqur o‘rganib, aniq qaror qabul qilishimiz zarur”, — deyiladi prezident tabrigida.
Mirziyoyev bu borada Oliy Majlis palatalari, deputat va senatorlar, nuroniylar, xotin-qizlar, yoshlar jamoatchiligi, huquqshunos va siyosatshunos olimlar, ilm-fan namoyandalari, ijodkor ziyolilari, butun xalq bu masalada o‘zining aniq fikr va qarashlarini bildirishiga ishonishini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, 6-noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtalgan edi.
Konstitutsiya respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.12.2022
O‘zbekiston Konstitutsiyasi haqida nimalarni bilamiz
Yangiliklar lentasi
0