Jamiyat

Madaniyat vazirligi xodimlari ishda doʻppi kiyishni boshlashdi – video

© Ministerstvo kulturы UzbekistanaOzodbek Nazarbekov
Ozodbek Nazarbekov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Ozodbek Nazarbekovning taʼkidlashicha, mazkur tashabbus orqali milliy anʼanalar targʻib etishda namuna koʻrsatish maqsad qilingan.
TOSHKENT, 8 dek – Sputnik. Madaniyat vazirligi xodimlari endilikda odatdagi ish kunida doʻppi kiyib yurishadi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov maʼlum qildi.
“Har bir millatu-elatda milliy urf-odat, anʼana va qadriyatlarga hurmat bilan yondashilgan. Xususan, doʻppi, beqasam toʻn, shoyi belbogʻ kabi xalqimizning milliy liboslari bugungi kunda ham oʻz qadrini, bahosini yoʻqotmagan. Shu qadriyatlarga sadoqat bilan qarab, milliy anʼanalarni targʻib etish uchun yangi tashabbusni boshladik”, — deydi vazir.
Endi Madaniyat vazirligi xodimlari odatdagi ish kunida oʻzbek milliy bosh kiyimi sanalgan doʻppi kiyishadi.
“Mazkur tashabbus orqali milliy anʼanalar targʻib etishda namuna koʻrsatishni maqsad qilganmiz”, - deydi Nazarbekov.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala