Dunyoda

Ukraina, kiberxavfsizlik, hamkorlik: Putin va Bayden nima haqida suhbatlashdi

© POOL / Fotobankka oʻtishPeregovorы prezidenta RF V. Putina i prezidenta SSHA Dj. Baydena
Peregovorы prezidenta RF V. Putina i prezidenta SSHA Dj. Baydena - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Rossiya va AQSH yetakchilari yopiq eshiklar ortida va himoyalangan aloqa kanallari orqali boʻlib oʻtgan muzokaralarda nimalarni muhokama qilishdi?
TOSHKENT, 8 dek – Sputnik. Rosssiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden oʻrtasidagi onlayn muzokaralar “ochiq va ishga aloqador xususiyatga” ega boʻldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
Putin va Bayden suhbati ikki soatcha davom etdi. OAV faqat ikki yetakchining muloqot avvalida bir-biri bilan salomlashganini koʻrishdi, xolos. Muzokaralar yopiq eshiklar ortida va himoyalangan aloqa kanallari orqali boʻlib oʻtdi.
“Prezidentlar xalqaro xavfsizlik va barqarorlik taʼminlashdagi alohida javobgarlikni inobatga olib, Rossiya va AQSH muloqot va zaruriy aloqalarni davom ettirishadi degan fikrni bildirishdi”, - deyilgan xabarda.

Ukraina inqirozi

Kreml matbuot xizmati xabariga koʻra, prezidentlar muzokaralar davomida 2015 yildagi Minsk bitimlarini bajarishdan bosh tortish bilan bogʻliq ichki Ukraina muammosiga alohida eʼtibor qaratishgan. Vladimir Putin Amerika tomoniga Kiyevning destruktiv xulq-atvori misollarini keltirgan Donbassga qarshi Ukraina Qurolli kuchlarining igʻvoli xatti-harakatlaridan xavotir bildirgan.
Vladimir Putin Baydenning Rossiya qoʻshinlarining ukrain chegaralari yaqinidagi “tahdidli” yurishlari haqidagi ayblovlariga javoban javobgarlikni Rossiyaga zimmasiga yuklamaslik zarurligini taʼkidlagan, zero aynan NATO ukrain hududini oʻzlashtirishga va mintaqada harbiy salohiyatni kuchaytirishga urinmoqda.
“Shu bois Rossiya sharqiy yoʻnalishda NATO kengaytirilishi va Rossiya bilan chegaradosh davlatlarda hujum qiluvchi tizimlar joylashtirilishini istisno qiluvchi ishonchli, yuridik qayd etilgan kafolatlarni olishdan manfaatdor”, - deyiladi Kreml xabarida.
Putin va Bayden oʻz vakillariga bu masalalar yuzasidan maslahatlashuv oʻtkazishni topshirishga kelishib olishgan.

Ikki tomonlama munosabatlar

Prezidentlar Rossiya va AQSH oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar tarangligini ham muhokama qilishgan. Xususan, Vladimir Putin amerikalik hamkasbiga diplomatik muassasalar ishiga qoʻyilgan cheklovlardan voz kechishni taklif qilgan. Bu ikki tomonlama munosabatlarning yaxshilashga xizmat qilishi mumkin boʻlardi.
Yozda Jenevada boʻlib oʻtgan Rossiya-Amerika sammiti kelishuvlarini amalga oshirish haqida toʻxtatilib, yetakchilar oliy darajada erishilgan kelishuvlarni izchil bajarish va ikki mamlakat oʻrtasidagi yuzaga kelayotgan masalalarni koʻrib chiqishda “Jeneva kayfiyatini” saqlash muhimligini qayd etishdi.

Boshqa masalalar

Muzokaralar chogʻida axborot xavfsizligi sohasidagi hamkorlik ham chetda qolmadi. Putin va Bayden kiber jinoyatga qarshi kurashishda jinoiy-protsessual va tezkor-texnik yoʻnalishlarda amaliy hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini bildirishdi.
Rossiya prezidenti Eron yadroviy dasturiga toʻxtalib, Qoʻshma keng qamrovli harakat rejasi harakati avval muvofiqlashtirilgan doirada bajarilishi zarurligini taʼkidladi.
“Yetakchilar bu masala yuzasidan noyabr oxirida Veneda qayta boshlangan muzokaralar v konstruktiv ruhda oʻtishiga va barcha ishtirokchilar uchun maqbul qaror qabul qilishga imkon berishiga umid bildirishdi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya va AQSH yetakchilari xalqaro xavfsizlik va barqarorlik taʼminlashdagi alohida javobgarlikni inobatga olib, mamlakatlar muloqot va zaruriy aloqalarni davom ettirishlarini taʼkidlashdi.
Vstrecha prezidentov Rossii i SSHA V. Putina i Dj. Baydena v Jeneve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.12.2021
Analitika
Oldinda uzoq suhbat turibdi: Putin va Bayden aslida nimani hal qilishadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala