Jamiyat

Tibbiy yordam: imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar roʻyxati yangilanadi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishBolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde
Bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Davlat byudjeti hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxati tayyorlandi.
TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi prezident farmoni loyihasi tayyorlanib, umumiy muhokamaga qoʻyildi.
Vaktsinatsiya  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Migratsiya
Bugun Oʻzbekistonda mehnat migrantlarini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boshlanadi
Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar toifalarini qayta koʻrib chiqilib, ularning yagona roʻyxatini tasdiqlash taklif etilmoqda.
Hujjat loyihasiga ilova qilingan davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga tibbiy yordam koʻrsatiladigan imtiyozli toifadagi shaxslar roʻyxatida quyidagilar:
Bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslar;
Chin yetimlar;
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar;
1941 — 1945 yillardagi urushdan nogironligi boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, ularga tenglashtirilgan shaxslar;
1941 — 1945 yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;
Yolgʻiz yashovchi yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam taʼminlangan oilalar aʼzolari boʻlan pensiyaga chiqqan shaxslar;
Chernobil AES falokatini tugatishda ishtirok etgan shaxslar jumlasiga kiruvchi nogironligi boʻlgan shaxslar;
Baynalmilalchi-jangchilar;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali aniqlangan kam taʼminlangan oilalarga mansub shaxslar;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha ginekologik kasalliklari mavjud hamda patologiyali homilador ayollar;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha 18 yoshga toʻlmagan patologiyali bolalar;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha endokrin kasalliklarga chalingan bemorlar;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha teri kasalliklari va jinsiy yoʻl bilan yuqtiriladigan kasalliklarga chalingan shaxslar;
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha sil kasalligiga chalingan shaxslar.
Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha onkologiya kasalliklariga chalingan shaxslar.
Loyiha 22 dekabrgacha muhokama qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala