Analitika

XX asrning asosiy geosiyosiy fojiasi sarchashmasi va mazmuni

© Sputnik / Aleksandr MakarovOchered v moskovskiy produktovыy magazin v 1991 godu v period ekonomicheskix trudnostey v strane
Ochered v moskovskiy produktovыy magazin v 1991 godu v period ekonomicheskix trudnostey v strane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Joriy yil dekabrida SSSR rasman parchalanganiga 30 yil toʻladi – 1991 yil 8 dekabr kuni Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi (RSFSR) va Ukraina rahbarlari “Mustaqil Hamdoʻstlik davlatlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim”ni imzolashdi.
Rossiyada bot-bot va qizgʻin Ittifoqni saqlab qolish mumkin edimi deb bahslashishadi, va SSSRni koʻrgan avlod batamom ketmagunga qadar, bahslashishda davom etishadi. Shu bilan birga bahslashuvchilarning aksariyati iqtisodiy determenizm pozitsiyasida.

Haqiqatdan ham iqtisodiyot yashashga qobil emasmidi

Ayrimlar sovet iqtisodiyoti yashay olmaydigan edi deyishadi, shu bois Ittifoqni saqlab qolishning imkoni yoʻq edi, boshqalar esa sovet iqtisodiyoti juda yashashga qobil edi deb taʼkidlashadi, agar Gorbachyov, Yeltsin, Kravchuk, Shushkevich xoinlik qilmaganida, Ittifoq saqlangan boʻlardi (har kimda oʻzining SSSRni parchalagan xoinlar va asosiy xoinning roʻyxati bor).
Birinchilarning Ittifoq zavolida sovet iqtisodiyoti yashay olmaydigan edi degan fikriga qoʻshilaman. Men uchun bu, 1990 yilda mamlakat qoʻqqisdan tamakilar yoʻqolib qolgan paytda, aksioma boʻldi. Ular na bir kun, na bir hafta, hatto bir oy oʻtib paydo boʻldi, faqat bir yarim – ikki oy oʻtib tanqislikni asta-sekin import mahsulotlar hisobiga bartaraf etishni boshlashdi. Va u yetarlicha miqdorda olib kelinmasdi.
Iqtisodiyoti Davlat rejasi bilan boshqarilgan ulkan va unda oʻnlab tamaki fabrikalari boʻlgan mamlakatda tamaki mahsulotining bir zumda yoʻqolib qolishi nafaqat chekuvchilarning muammosini anglatardi – koʻpchilik bu tanqislikni bir amallab boshdan kechirishga muvaffaq boʻlishdi. Mahsulot yoʻqligi fabrikalar toʻxtab qolgani, oʻn minglab kishilar, vaqtincha boʻlsa ham, ikki-uch oyga ishsiz qolishganini anglatardi.
Yaʼni Davlat rejasi xorijdan yetarli miqdorda xom ashyoni sotib olishni nazarda tutmagan, oʻzining ishlab chiqarishi esa SSSR talabini qondirish holatida emasdi.
Bu asosiy muammoni namoyon qildi: sovet iqtisodiyoti tizim sifatida mavjud boʻlishdan toʻxtadi. Demak, SSSRning iqtisodiy muammolari muvaqqat emas, balki tizimli xususiyatga ega edi, tizimli muammolar esa ularni yaratgan tizim doirasida bartaraf etilib boʻlmasdi.
Miting na Kalujskoy ploщadi v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Siyosat
Putin SSSR qayta tiklanishi gʻoyasiga baho berdi

Sovet Ittifoqi yashashda davom eta olardi. Nima boʻldi?

Biroq bu umuman SSSR parchalanishi kerakligini anglatmaydi. Ha, Ittifoq iqtisodiy jihatdan samarasiz edi. Lekin iqtisodiyot batamom oʻlgandan keyin ham rasmiyatchilik jihatdan mavjudligini davom ettira olgan boʻlardi. Somali, Afgʻoniston, Ukraina shunday rasmiyatchilik jihatdan mavjud. Bu mamlakatlar SSSR 80 yillar oxiri – 90 yillar boshida boʻlgan vaziyatga qaraganda yomonroq ahvolda.
Somalida maʼmuriy va siyosiy vertikallar toʻliq yoʻq qilingan, Ukrainada oʻzining konstitutsiyaviy vazifalarini bajarmayotgan va oʻzaro hamkorlik qilmayotgan, rasmiyatchilik jihatdan bor. Davlatchilik Kiyevda oddiy tushunishda allaqachon yoʻq. Afgʻonistonda toliblar, hozircha muvaffaqiyatsiz, 50 yil davomidagi fuqarolar urushi natijasida barbod qilingan muntazam davlatchilikni qayta tiklashga urinishmoqda.
Ittifoqdagi iqtisodiyot barbod boʻlishi hali boshqaruv tuzilmalariga oʻtmagandi. Ular SSSR parchalangandan keyin ham oʻz vazifalarini bajarishda davom etishdi. Boz ustiga ularning ayrimlari shunchalik markazlashgan va shunchalik parchalanishi qiyin ediki, masalan, MDH Birlashgan Qurolli Kuchlari marshal Shaposhnikov qoʻmondonligi ostida 1993 yil sentyabriga yashadi.
Biroq Ittifoqni ayrim amaldorlarning xoinligi ham parchalamadi. Agar davlat apparati umuman ishlab turgan boʻlsa, u hatto davlat rahbari tomonidagi xoinlik urinishini bartaraf etish va bostirishga qodir. Oxir-oqibat Nikolay I ham mamlakatni boʻlim boshliqlari, yaʼni har qanday mamlakatdagi turmushning barcha sohalaridagi boshqaruv mexanizmlarini haqiqatdan ushlab turgan oʻrta byurokratik boʻgʻin boshqarishini tan olgandi.

Parchalanishning haqiqiy sababi

SSSRdan aynan byurokratiya yuz oʻgirdi (tabiiyki, byurokratiya sinf sifatida, ayrim byurokratlar oʻlgan davlatga sodiqlikni saqlashdi, va bunaqalar kam emasdi).
Byurokratlar uchun tizimning yashashga qodir emasligining signali Konstitutsiyaning 6-moddasini bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori boʻldi. Natijada partiya hukumatni topshirdi, sovetlar esa uni qoʻlga olishga qodir emasliklari maʼlum boʻldi – shunda mamlakatda siyosiy xaos kuchaya boshladi.
SSSRning barbod boʻlishiga qator omillar sabab boʻlgan. Uni qisqacha shunday taʼriflash mumkin: oʻsib borayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelgan hukmron partiya boshqaruv modelini oʻzgartirishga urindi.
Ilgari boʻlingan (partiyaga hukumat, sovetlarga esa javobgarlik berilgandi) hukumat va javobgarlikning bir qoʻlda (sovet) birlashishi boshqaruv samarasini oshirishga birdaniga oshishiga olib kelishi nazarda tutilgandi.
Aslida KPSS tarix kafedralari, marksizm-leninizm universitetlari va oliy partiya maktablari bitiruvchilari nafaqat ular islohot qilmoqchi boʻlgan sovet iqtisodiyoti, balki oʻzlari kelmoqchi boʻlgan bozor iqtisodiyotini oʻta tor va dogmatik ravishda tasavvur qilishardi. Ular islohotlarning aniq maqsad va vazifalarini shakllantirishga holatida emas edilar. Partiya tomonidan qoldirilgan va sovetlar tomonidan egallab olinmagan hukumat havoda yoʻq boʻlib ketayotganini koʻrib vahimaga tushib qolishdi.
Bыvshiy prezident SSSR Mixail Gorbachev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2020
Dunyoda
SSSR saqlab qolinganda, bugun dunyo qanday boʻlar edi – Gorbachyov javobi

Hammani vahima bosdi

Partiya elitalari Kreml islohotlarining tartibsiz va halokatga olib keluvchi barbod qiluvchi xususiyatlaridan shokda edilar. Kreml mintaqaviy elitalardan islohotlarga qarshi kayfiyatda shubhalanardi, koʻpincha asosli ravishda. Oliy va oʻrta boshqaruv boʻgʻini oʻrtasida ishonchsizlik jarligi paydo boʻldi. Kreml mahalliy kadrlar rotatsiyasini oʻtkazishga urindi, biroq eski, tekshirilgan va oldindan bilib boʻladigan hamkorlarini normaʼlum va maʼsuliyatsiz populistlarga almashtirib, faqat oʻz vaziyatni yomonlashtirdi.
Aynan siyosiy xaos byurokratik muhitda shu kayfiyatni tugʻdirdi: “Qoʻlidan kelganlar qochib qolsin!”
Kreml hukumati oʻrta boʻgʻin byurokratiyaga boʻlgan tayanchni yoʻqotib, birdaniga oʻzini boʻshliqda his qildi va osilib qoldi. Koʻp jihatdan SSSR prezdenti Mixail Gorbachyov belovejsk fitnasini kuch bilan bostirishga tavakkal qilmadi. Oʻylaymanki, uning qoʻrqoqligi ham oʻz rolini oʻynadi, lekin u qoʻrqdi, zero oʻzining kuchishlatarlari fitnachilarni hibsga olish toʻgʻrisidagi farmonni bajarishlariga, oʻzini hibsga olimasliklariga ishonchi komil emas edi.
Mintaqaviy elitalar markazning zaifligini koʻrib, oʻz taqdirlarini oʻz qoʻllariga olishlari zarurligi haqida xulosa qilishdi. Ittifoq tarixning inqiroz paytida uni saqlab qolishdan manfaatdor boʻlgan siyosiy kuch qolmagani bois barbod boʻldi.

Sovet Ittifoqining butun hududi boʻylab yoyilgan xaos

Shu bois 1991 yilning birinchi qarorlari mamlakat taqdirini oldindan payqamadi. Koʻpchilikka parchalanish uzul-kesil emas deb tuyuldi. Ittifoq shunchaki oʻz nomi va markaziy hukumat shaklini oʻzgartiradi. Avvaliga Suveren davlatlar ittifoqi (SDI) tuzilishi haqida gapirishdi. 1991 yil 8 dekabr kuni SSSRni tarqalib yuborish toʻgʻrisidagi belovej qarorini imzolashda uch kishiga (Rossiya, Ukraina, Belorussiya) Slavyan davlatlari ittifoqini tuzishga qaror qilishdi.
Eslataman, bu paytga kelib Boltiqboʻyi, Moldaviya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Belorussiya, Ukraina oʻz mustaqilligini eʼlon qilib boʻlgandi. Minsk va Kiyevdagi jarayonlarning oldini siyosiy uslublar bilan olish mumkin boʻlsa, Boltiqboʻyini faqat qurol bilan ushlab turish mumkin edi, Moldaviyada bir necha yildirki urushga aylanib kelgan Dnestrboʻyi mojarosi avj olgandi.
Xuddi shunga oʻxshash tarzda Armaniston va Ozarbayjonning Togʻli Qorabogʻ atrofidagi mojarosi birinchi Qorabogʻ urushiga aylanib bordi. Gruziya oʻzining boʻlajak Janubiy Osetiya, abxaz va adjar mojarolariga zamin yaratib boʻlgan birinchi prezidenti Zviad Gamsarxudiani (1992 yil 2 yanvar) agʻdarib tashlash ostonasida edi.
Fuqarolar urushi boʻsagʻasida Tojikiston turgandi.
Shunday ekan Belovej bitimini imzolaganlar, hoynahoy, avval boshda haqiqatdan kvazi-birlashma slavyan davlatlari bilan cheklanadi deb oʻylashgan. Boz ustiga, xuddi oʻsha kuni ular fikrlarini oʻzgartirishdi va birlashmaga kompromiss nom berishdi – Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi, barcha xohlovchilar uchun uning eshiklarini ochiq qoldirib.
Avvaliga xohlovchilar butun Oʻrta Osiyo boʻldi (Turkmaniston vaqt oʻtishi bilan aʼzo sifati eslanadigan boʻldi) hamda Kavkazorti va Moldaviya kela boshladi, faqat Boltiqboʻyi MDHdan tashqarida qoldi.
Pervomayskaya demonstratsiya trudyaщixsya na Krasnoy ploщadi v Moskve, 1988 god - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2020
Dunyoda
Putin SSSR xalqlarining ommaviy yoʻq boʻlishiga nima olib kelgan boʻlishi mumkinligini aytdi
Tuzilmalarni qayta nomlash va tuzishning tartibsiz jarayoni boshlandi. Uning vazifalari avvaliga hatto uning tashkil etganlarga ham tushunarsiz edi. MDHni toʻlaqonli xalqaro tashkilotga aylashtirish qarori 1993 yilda qabul qilingan va oʻshadayoq amalga oshirilgan. Shu bilan birga, Ukraina MDH ustavini imzolamadi va oʻzini MDH aʼzosi emas, balki ishtirokchisi deb hisobladi.
Bularning bari byurokratik muhitdagi vahima va oʻsib borayotgan boshqaruv xaosi SSSR parchalangan vaqtda barham berilmaganidan dalolat beradi. Ular aksariyat postsovet mamlakatlarining 1993-1994 yillargacha siyosatini taʼriflashda davom ettirishdi. Bu davrda nazariy jihatdan ham yangi integratsiya, ham keyingi parchalanishga imkoniyatlar boʻlgan.
Qolaversa, 1992-1993 yillardan muammolar hal etila boshlandi, yangi davlatlar batamom alohida boshqaruv tuzilmalariga kira boshlashdi.
1992 yil mayida MDH Kollektiv xavfsizlik shartnomasi bilan toʻldirilgan (KXSH, 1994 yil aprelida ratifikatsiya qilingan). U harbiy sohadagi sovetdan keyingi xaosni bartaraf etish uchun platforma boʻldi.
90 yillar oʻrtasiga kelib MDH oʻzining asosiy vazifasini bajargani ravshan boʻldi. Postsovet xaosi barcha sohalarda bartaraf etildi, davlatlar batamom suveren boʻlishdi, ular elitalari emas milliylashdi.
90 yillarning ikkinchi yarmidan aksariyat postsovet iqtisodiyotlari avvaliga sekinlikni, soʻngra tezlashayotgan qayta tiklanayotgan iqtisodiy oʻsishni koʻrsatadi.

Integratsiyaning yangi shakllari

Boshqa nom va yumshoq konfederatsiya shaklida SSSR qayta tiklanishi uchun imkoniyatlar darchasi batamom yopildi. Shu paytdan boshlab postsovet integratsiyasi faqat mutlaqo boshqacha tamoyillarda amalga oshirilishi mumkin edi.
MDH va KXSH shakllari endi dolzarb vazifalarga javob bermasdi. Shuning uchun MDH amalda uning doirasida prezidentlar, bosh vazirlar va asosiy vazirlar Hamdoʻstlik uchun dolzarb muammolarni avvaldan muhokama qila oladigan olib boshqaruvchilar klubiga aylandi.
KXShni KXSHTga aylantirildi. Turli tezlikdagi integratsiya kontseptsiyasi eʼlon qilindi va uni ostida yangi tuzilmalarni tashkil eta boshlashdi (Bojxona ittifoqi, YEOII, SHHT). Natijada MDH postsovet hududida qandaydir ruscha Britaniya hamdoʻstligi – yumshoq taʼsir sohasi sifatida qabul qilina boshlandi. Shu bois Rossiya bilan munosabatlari buzilgan mamlakatlar MDH tark etishadi yoki maqomlarini pasaytirishadi, munosabatlari yaxshilanganda – toʻlaqonli aʼzolikka qaytishadi.
Ular uchun yangi va SSSRsiz nomaʼlum, markaz rahbariyatisiz dunyoda tayanch nuqtasini olish uchun postsovet elitalari tomonidan tashkil etilgan MDH umuman olganda oʻz vazifasini ijro etdi. U samaraliroq ishlari va koʻproq ishlarni qilgan boʻlardi, biroq milliy elitalar hamisha Rossiyani MDHni postsovet hududida oʻz mavqelarini mustahkamlash, sobiq ittifoqda oʻz ustunligini taʼminlash va yagona davlatni siyosiyo iqtisodiy usullar bilan qayta tiklash maqsadida foydalanishda juda koʻp shubha qilishdi. Shu bois Moskvaning koʻplab tashabbuslari qabul rasmiyatchilik jihatdan qabul qilinib, amalda esa hamkorlar tomonidan zimdan boʻyin tovlanadi. Avval boshda MDHda yoʻgʻrilgan gʻoyalar ish bermadi, hozir ham ular boshqa integratsion loyihalar vositasida Rossiya hamkorlari uchun oʻta foydasiz shaklda ilgari surilmoqda.
Umumiy zaiflik va noaniqlik davri oʻtib ketdi. Rossiya kuchining davri keldi.
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazariga mos kelmasligi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala