Hodisalar

Yil boshidan buyon Toshkent yoʻllarida halok boʻlgan piyodalar soni ochiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPeshexodnыy perexod v Tashkente
Peshexodnыy perexod v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Poytaxtda 11 oy mobaynida piyodalar ishtirokida 524 ta yoʻl-transport hodisa roʻy bergan.
TOSHKENT, 8 dek – Sputnik. Joriy yilning 1 yanvaridan 30 noyabriga qadar Toshkent shahrida piyodalar ishtirokida 524 ta yoʻl-transport hodisa roʻy bergan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi (IIBB) maʼlumotlari darak bermoqda.
Bu YTHlar oqibatida 32 kishi olgan jarohati tufayli hayotdan koʻz yumgan va yana 487 kishi turli ogʻirlikdagi tan jarohatini olgan.
Xabarda taʼkidlanishicha, bu kabi fojialar har doim ham haydovchilar aybi bilan sodir boʻlmaydi. Baʼzida piyodaning oʻzi belgilangan qoidalarni buzib, yoʻlda kutilmagan omilga aylanmoqda.
Peshexodnыy perexod - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Hodisalar
Toshkentda “Lacetti” haydovchisi urib yuborgan piyoda vafot etdi
Shu sababli Toshkent shahar IIBB YHXB yoʻl-patrul xizmati xodimlari tomonidan profilaktik choralarga katta eʼtibor qaratilmoqda.
2021 yilning 11 oyi davomida yoʻl harakati qoidalarini buzgan piyodalarga nisbatan jami 101 861 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala