Jamiyat

Yoʻlbars yilida qaysi burj vakillariga muhabbat bobida omad kulib boqadi

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Fotobankka oʻtishTigrы v Bolshom Moskovskom tsirke
Tigrы v Bolshom Moskovskom tsirke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2021
Sharqiy taqvim boʻyicha, 2022 yil-moviy suv yoʻlbarsi yili. Yoʻlbars yirtqich boʻlsada, mushuksimonlar oilasiga kiradi, demak, u mehribon boʻlishi mumkin. Yoʻlbars yilida qaysi burj vakillariga sevgi bobida omad kulib boqadi?
Kirib kelayotgan suv yoʻlbarsi yili barcha burj vakillariga har tomonlama omadli yil boʻlishga vaʼda bermoqda. Shaxsiy munosabatlar ham bundan mustasno emas: koʻp insonlarni ushbu yilda haqiqiy muhabbat kutmoqda.
2022 yilning muhabbat bashoratini astrolog Pavel Globa tuzgan.

Buzoq

Buzoq burji vakillarini kelayotgan yilda katta oʻzgarishlar kutmoqda. Ular bor energiyalarini bu yili faqat moliyaviy sohaga sarflasalarda, shaxsiy hayotda hammasi yaxshi boʻladi. 2022 yilda qurilgan munosabatlar esa ular uchun uzoq va mustahkam boʻlishi mumkin.

Egizaklar

Egizaklar uchun yilning birinchi choragida katta oʻzgarishlar boʻlmasligi mumkin, biroq may oyida uzilgan munosabatlarni qaytadan tiklashga yoki mustahkamlashga ajoyib imkoniyat paydo boʻladi.

Tarozi

Tarozi, boshqa munosabatlarda boʻlgani kabi, sevgida ham juda omadli boʻladi. Sevimli inson bilan muloqot romantikaga boy boʻladi, doʻstlik va ish boʻyicha munosabatlar esa mustahkamlanadi.

Chayon

Yangi yilda burj vakillarining shaxsiy hayoti yoqimli lahzalarga boy boʻladi. Aprel va noyabr oyining birinchi yarmida chayon burji vakillari bir umrlik sevgisi bilan uchrashishi yoki oila qurishi mumkin.

Togʻ echkisi

Ular oʻzlarini yil boʻyi baxtli va sevimli deb his qiladilar. Pozitiv va romantik lahzalar ularni deyarli yil davomida kutadi va har oy taqdir ularga sovgʻalar taqdim etadi.
Amurskiye tigryata v Primorskom safari-parke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.11.2021
Jamiyat
Boylik, muhabbat va baxt: 2022 - Yoʻlbars yilida kimning omadi chopadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala