Hodisalar

Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari pora bilan qoʻlga tushdi

Vzyatka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Bosh prokuratura (BP) boshqarma boshligʻi oʻrinbosariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi, deb xabar qildi BP matbuot xizmati.
“Bosh prokuratura tomonidan tizimda korruptsiyaga qarshi kurashishni keskin kuchaytirish, salbiy holatlarni tezkorlik bilan aniqlashga qaratilgan tadbirlar doirasida, Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasida 71-202-08-28 raqamli ishonch telefoni tashkil etildi va Internet ijtimoiy tarmoqlari orqali keng jamoatchilikka maʼlum qilindi.
Natijada olingan maʼlumotlarga asosan, Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda Bosh prokuratura boshqarma boshligʻining oʻrinbosari lavozimida ishlagan SH.V. qarindoshi SH.N. orqali uning tanishi A.K.ning ishonchiga kirib, unga nisbatan Buxoro viloyati prokuraturasi ish yurituvidagi jinoyat ishini tanishlari orqali tugatib berishni vaʼda berib, 27 noyabr kuni fuqaro A.K.dan 3.000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan 7 dekabr kuni SH.V.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (Firibgarlik), 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) hamda SH.N.ga Jinoyat kodeksining 212-moddasi 1-qismi (Pora olish-berishda vositachilik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Gumonlanuvchi SH.V. protsessual tartibda ushlandi”, - deyilgan bayonotda.
Bosh prokuratura boshqarma boshligʻi oʻrinbosari 29 ming $ni olganida qoʻlga tushdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala