G‘arb Putin SSSRni qayta tiklashidan qo‘rqapti

© Sputnik / V. ZaxarovProspekt Kalinina (nine ulitsa Noviy Arbat). Prazdnichnaya illyuminatsiya.
Prospekt Kalinina (nine ulitsa Noviy Arbat). Prazdnichnaya illyuminatsiya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
SSSR parchalanganining 30-yilligi arafasida davlat kotibi o‘rinbosari Viktoriya Nuland Senatdagi eshittirishlarda Vladimir Putin Sovet Ittifoqini qayta tiklashi va bu orqali tarixga kirish niyatidan xavortirda ekanligini bildirdi.
Tez-tez emas, balki so‘nggi yillarda deyarli doimiy tarzda bildirilayotgan bu kabi bayonotlar tashvishlanishga arzigulik. Chunki ba’zilar (ya’ni G‘arb elitasining eng yuqori martaba vakillari nazarda tutilmoqda), haqiqatdan ham o‘z bayonotlariga ishonishadimi yoki ularning qo‘rqitish propagandasi usulimi, aniq emas.
Darvoqe, ikkinchi bayonot birinchisiga qaraganda tuzukroq bo‘lsa, yaxshi bo‘larmidi, modomiki bunday holatda noprofessionallik, geosiyosiy dushmanni chuqur anglamaslik va umumiy aqlsizlikdan ko‘ra surbetlarcha ikkiyuzlamachilik va yolg‘on afzalroqdir.
Hammaga yaxshi ma’lumki, Vladimir Putin SSSR qulashini o‘tgan asrning eng ulkan geosiyosiy fojiasi deb hisoblaydi va o‘sha davrga bo‘lgan hissiyotlarini hech qachon yashirmaydi. Nuland va uning safdoshlariga ko‘ra, bu uni "yovuz imperiya"ni qayta tiklash bo‘yicha makkor rejalarida gumon qilish uchun etarli. Rossiya prezidentining Sovet tuzumini bir necha bor tanqid qilgani, Ittifoqning tizimli kamchiliklariyu SSSR rahbariyatining o‘ziga xos halokatli xatolarini ham ko‘rsatib o‘tganini esa, aftidan, ular hisobga olish uchun ahamiyatsiz deb o‘ylaydilar.
Ayni paytda Vladimir Putinning tariximizning sovet davriga munosabati uni shaxs sifatida emas (ya’ni uning o‘sha davr haqidagi iliq xotiralari), balki avvalombor, uchinchi o‘n yillikdan buyon mamlakat taqdiri uchun javobgarlikni bo‘yniga olgan davlat arbobi sifatida jamlangan.
Shu kunlarda SSSR parchalanishining sabablari va aybdorlari haqidagi faol bahs-munozaralar urchigan. Biroq mavjud versiyalarda ko‘p tub-qarama- qarshiliklar mavjud emas. Va ifodalangan fikrlarni bir nechta tezislarga umumlashtirish mumkin.
Birinchisi: Sovet Ittifoqining inqirozi va o‘limi ichki sabablardan kelib chiqqan edi. Tashqi sabablar esa- xususan g‘arb propogandasining halokatli roli- kichik, yordamchi vazifani o‘tagan xolos.
Ikkinchisi: O‘sha ichki sabablar ham tizimli xarakterga ega edi. Ya’ni, albatta, aniq bir shaxslarning o‘limga olib keladigan va halokatli oqibatlarga olib kelgan masalaga aniq yechimlari bor edi. Bu roppa-rosa 30-yil oldin imzolangan Belovej shartnomalariga ham tegishli. Ammo, 1980-yillarga kelib Sovet elitasining muhim qismini keyinchalik davlatni ishtiyoq bilan yo‘q qilgan odamlar tashkil etgani, bu esa ularni martabalar zinapoyasining eng yuqori pog‘onasiga ko‘targani, qolganlari esa jimgina status-kvo sini qabul qilib olgani va bunga qarshi bir nechtagina insonlarning harakat qilgani kabi faktlar Sovet kadrlar siyosatining asosiy illatlaridan dalolat beradi. SSSR davlat qurilishiga asos qilib olingan va uning taqdirida hal qiluvchi rol o‘ynagan milliy prinsiplarni ham yodga olish mumkin- bu haqda Putinning o‘zi ham bir nechta marotaba aytgan. Va juda ko‘p va yana ko‘p narsalar bor edi.
XX asrning asosiy geosiyosiy fojiasi sarchashmasi va mazmuni >>>
Uchinchisi esa birinchi va ikkinchi punktlardan mantiqan kelib chiqadiki, SSSRning parchalanishi va qulashi uning poydevoriga asos bo‘lgan o‘ziga xos xususiyatlar tufayli muqarrar edi. Sovet Ittifoqi uzoq istiqbolga chidamsiz bo‘lib chiqdi.
Shunday qilib, mamlakat halokatli, muvaffaqiyatsiz yetmish yillik tajribasiga nuqta qo‘ydi. Shuningdek, Rossiya- o‘sha paytdagi RSFSR- bu tajribada asosiy donor va resurslar manbai (insoniy manbalardan moliyaviy manbalargacha) sifatida harakat qildi, bu esa mos ravishda, o‘sha davrda uning rivojlanishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatmadi. U ko‘plab ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha ittifoqning boshqa respublikalaridan sezilarli darajada ortda qoldi.
Bundan tashqari, Sovet Ittifoqining davlat-siyosiy tuzilma sifatida qulashi, mamlakatni og‘ir-oqibatlarga olib keldi, uni o‘lim yoqasiga qoldirdi. Ba’zi salbiy ta’sirlar (masalan 1990-yillardagi demografik inqirozlar), Rossiyaga yana o‘n yilliklarga ta’sir qilgulik.
Aslida Putinning davlat rahbari sifatidagi siyosati mohiyatan sovet loyihasiga qarama-qarshi: mafkuraviy radikalizmga qarshi-konservatizm, inqilobqa qarshi – bosqichma-bosqich o‘zgarishlar (norozilar fikriga ko‘ra, juda sekin), mobilizatsiya va yuqori harakatlarga qarshi-xalq mablag‘lari, mavhum utopik modelga muvofiq jadal islohotlarga qarshi- tabiiy, uzviy ravishda o‘sish. Va hokazolar.
Putin va qolaversa, Rossiyaning butun davlat rahbariyati uchun - Sovet Ittifoqi ko‘plab ajoyib va iliq xotiralar obyekti bo‘lib qolsada, davlat-siyosiy ma’noda qo‘rqinchlidir. Buni qanday qilish kerak ekanligi haqida namuna albatta kerak emas, chunki bu yo‘l nisbatan yaqin kelajakda yana bir kafolatlangan milliy falokatni olib keladi. Axir yettita o‘n yillik ayniqsa Rossiyadek mamlakat uchun juda kam.
Yuqorida keltirib o‘tilganlarning hech qaysisi sir emas. Aksincha, ko‘pchilik uchun bu zerikarli oddiy haqiqatdir. Ko‘pchilik uchun shunday - ammo, ko‘rinib turibdiki, g‘arb ekspertlari hamjamiyati Vashington, London, Berlin Brussel va boshqa g‘arb mamlakatlari poytaxtlarida Rossiya haqidagi bilimi va tushunchasiga tayanadigan ko‘pchilik uchun bunday emas.
Putin sanksiyalarga javob berishning eng yaxshi yo‘lini aytdi >>>
Shu sababli tomonlar o‘rtasidagi muloqot tobora chuqurroq o‘zaro sarosimaga sabab bo‘lmoqda. Rossiya va Amerika prezidentlarining kechagi onlayn muzokaralari bu tendensiyani yanada chuqurlashtirdi. Avvaliga, G‘arb OAVlari butun dunyo bo‘ylab Moskvaning Ukrainaga deyarli oldindan belgilangan bostirib kirishi (qanday maqsadda?!) haqida jazava ko‘tardi – va o‘zi ham bunga xursand bo‘lib ishondi.
To‘g‘ri, tan olish kerak, Kreml Portos tamoyiliga (“Men kurashayotganim uchun kurashapman”) amal qilgan va qo‘shni davlatga bostirib kirishga tayyorligi Vladimir Putinning o‘ttiz yil oldin yo‘qolgan mamlakatni tiklash haqidagi megalomalans istagi haqidagi tasavvurlarga mos keladi.
Rossiya o‘z hamkorlarining adekvat bo‘lmasada g‘alati g‘atti-harakatlariga vazminlik bilan izohlar berishi kerak. Va albatta, vaziyat yomonlashsa, gipertovushli, yadroviy va yana boshqa “tinchlantiruvchi vosita”larini tayyorlab qo‘yishi lozim.
Yangiliklar lentasi
0