Migrantlarning maoshi: so‘rov natijalari

© Sputnik / Vladimir TrefilovRubl
Rubl - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyodan kelgan 4739 nafar migrant orasida so‘rov o‘tkazildi.
TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Rossiya Migrantlar Federatsiyasi (FMR) Moskva davlat universiteti ko‘magida Markaziy Osiyodan kelgan 4739 nafar migrant orasida so‘rov o‘tkazdi. Bu haqda FMR prezidenti Vadim Kojenov ma’lum qildi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, migrantning o‘rtacha maoshi 47 100 rublni tashkil qiladi.
Migrantlarning maoshi rus tilini bilishga bog‘liq. Rus tilini yaxshi biladigan xodimlar taxminan 49 ming rubl, rus tilini yomon biladiganlar esa o‘rtacha 37 ming rubl oladi.
Eng yuqori maosh quruvchilarda - 54 ming rubl. Eng kam maoshi qishloq xo‘jaligi ishchilarida - 36,8 ming rubl.
Migrantlarning 80 % kvartiralarda yashaydi.
Rossiyada besh yildan ortiq yashayotgan migrantlarning 57 % mamlakatda doimiy qolishni xohlaydi.
Deyarli 5 ming kishidan 55,9% respondent rossiyaliklardan salbiy munosabat his qilmasligini aytdi.
Migrantlardan rus tilidan imtihon olish haqida shartnoma imzolandi >>
Yangiliklar lentasi
0