Analitika

Oʻzbekiston MDHga aʼzo boʻlishdan qanday afzalliklarga ega boʻldi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
8 dekabr - Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligini (MDH) tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim imzolangan kun. Xalqaro tashkilot oʻzining 30 yilligini qarshiladi.
Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan savdo Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qay darajada taʼsir koʻrsatmoqda va respublika oʻz navbatida qoʻshni davlatlarga pandemiya vaqtida qanday yordam berdi?
Sputnik Oʻzbekiston bu savollarga ekspertlardan javobni oldi, ular mamlakatning MDHga aʼzoligidan olgan 3ta asosiy afzallikni taʼkidlab oʻtishdi.
MDH va Oʻzbekiston - 30 yil: hamkorlikning eng muhim bosqichlari

1. Tashqi savdoning oʻsishi

Hamdoʻstlikka aʼzo boʻlish natijasida Oʻzbekiston oʻnta davlatdan iborat bozorga ega boʻldi, deb hisoblaydi MDH davlatlari instituti direktori oʻrinbosari Vladimir Jarixin.
MDH Ijroiya qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston tashqi savdo aylanmasida Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlarning ulushi 32 %ni tashkil etadi. Agar 2000 yilda respublikaning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 2 mlrd $ni tashkil etgan boʻlsa, bugungi kunda Oʻzbekiston Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich 12,3 mlrd $ga yetdi.
Oʻzbekiston va MDH oʻzaro savdo-sotigʻi hajmi qancha
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari natijalariga koʻra, Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 32,7 mlrd $ni tashkil etadi, demak: MDH bilan tovar ayirboshlash respublikadagi jami tashqi savdo aylanmasining 37,6 %ni tashkil qiladi.
Oʻzbekistonda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yildagi 8 mlrd $dan 2020 yilda 36,5 mlrd $ga koʻtarildi.
Ishlab chiqarishning oʻsishi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilishni tezlashtirmoqda, chunki mamlakat oʻz mahsulotlariga ortib borayotgan talabni qondirishi kerak. Bu asosan qishloq xoʻjaligiga taʼsir qildi
Vladimir Jarixin
MDH davlatlari instituti direktori oʻrinbosari
MDH Ijroiya qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 2000 yildagi 5,8 mlrd $dan 2020 yilda 25,9 mlrd $ga oshdi.

2. Vizasiz rejim

Oʻzbekiston uchun MDH shunchaki muloqot platfomasini emas, respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir necha bor taʼkidlagan: “Biz uchun - bu ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikning eng muhim institutdir”.
Bu sohalardan biri mehnat bozori, deydi Vladimir Jarixin.
Oʻzbekiston fuqarolari MDH tarkibiga kiruvchi davlatlarga vizasiz borishlari mumkin, bundan tashqari ular u yerda ishlashlari mumkin, bu esa umumiy muloqot tili - rus tili yordam beradi. Oʻzbekistondan kelgan ishchilar asosan Rossiya va Qozogʻistonda mehnat qilmoqda
Vladimir Jarixin
MDH davlatlari instituti direktori oʻrinbosari
Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi maʼlumotlariga koʻra, joriy yil boshidan buyon respublikaning 84,5 ming nafardan ortiq fuqarosi Rossiyaga tashkillashtirilgan tanlov asosida ishga jalb qilingan, Qozogʻistonga esa 6,2 ming kishi.
“Oʻzbekistonda tugʻilish koʻrsatkichi yuqori”, - deydi Vladimir Jarixin (agar 2000 yilda respublikaning doimiy aholisi 24,8 mln boʻlgan boʻlsa, 2020 yilga kelib bu koʻrsatkich 34 mlndan oshdi – Sputnik). MDH bu holatda kadrlar resurslarini qoʻllab-quvvatlash vazifasini bajaradi.
Oʻtmishda MDH davlatlarida ish topish imkoniyati Oʻzbekistondagi koʻplab ijtimoiy-siyosiy masalalarni bartaraf etishga imkon berdi, deb hisoblaydi Jarixin.
"Agar ortiqcha ishchi kuchi mamlakat ichida boʻlganda ular paydo boʻlishi mumkin edi", - deydi siyosatshunos.
Ayni paytda Oʻzbekiston uchun ish oʻrinlari Rossiya va Qozogʻiston bilan qoʻshma loyihalar asosida yaratilmoqda, misol tariqasida Qozogʻiston yaratmoqchi boʻlgan transchegaraviy xablar tizimi.

3. Pandemiya davrida hamkorlik

“MDH vaqti-vaqti bilan tashkilot sifatida tanqidga uchragandi, biroq 2020 yil hamdoʻstlikning afzalliklari yaqqol koʻrinib turibdi”, - deydi FA Markaziy Osiyo, Kavkaz va Ural-Volgani oʻrganish markazi instituti katta ilmiy xodimi Aziz Niyozi.
“MDH davlatlari pandemiya boshlanishininisbatan osonlik bilan boshdan kechirdi, COVID-19ga qarshi birgalikdagi ish bunga katta hissa qoʻshdi”.
Ekspertning soʻzlariga koʻra, gap Rossiyadan kelgan salmoqli qismi gumanitar yordam, tovarlarni tashish bilan bogʻliq logistika masalalari, shuningdek, sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini taʼminlash boʻyicha umumiy chora-tadbirlar muhokamaqilingani haqida ketmoqda: masalan, Oʻzbekiston fuqarolari Rossiyaga yoʻl olganda "COVID-19siz sayohat" ilovasidan foydalanmoqda.
2020 yilda MDH uchun muhim rolni Oʻzbekiston oʻynadi, u oʻtgan yili tashkilot tashkil topganidan beri ilk bor Hamdoʻstlikka raislik qildi.
“Oʻzbekiston oʻzining ehtiyotkor siyosati bilan hammaga maʼlum, unda keskin harakatlar yoʻq va bu qisman mamlakatning MDHga raisligida yordam berdi, chunki 2020 yil haqiqatan ham ogʻir yil boʻldi”, — deya taʼkidlaydi Niyozi va pandemiyaga qaramay, Oʻzbekistonning MDHga raisligi davrida 100ta tadbir oʻtkazildi va 70tadan ortiq hujjat qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala