Jamiyat

Paxta-toʻqimachilik klasterlarini tashkil etish tartibi belgilandi

© Sputnik / Denis Abramov / Fotobankka oʻtishSbor urojaya xlopka
Sbor urojaya xlopka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli hujjat qabul qilingach, Qishloq xoʻjaligi vazirligi talabgorlarni xabardor qiladi.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Hukumatning tegishli qarori bilan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, paxta-toʻqimachilik klasterlari quyidagi shaklda tashkil etiladi:
qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish;
paxta xomashyosini shartnoma asosida fermer xoʻjaliklari va boshqa paxta yetishtiruvchilardan sotib olish;
qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta yetishtirish hamda paxta yetishtiruvchilardan shartnoma asosida sotib olish.
Paxta-toʻqimachilik klasteri bu boʻyicha Respublika komissiyasi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10 sentyabrgacha YAIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Murojaat Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Vazirlik) tomonidan 2 ish kunida koʻrib chiqiladi.
Respublika komissiyasi talabgorlarning arizalarini har yili 1 oktyabrgacha koʻrib chiqib, qaror qabul qiladi.
Paxta-toʻqimachilik klasterini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli hujjat qabul qilingach:
- 3 ish kunida Vazirlik talabgorlarni xabardor qiladi;
- 5 ish kunida talabgor bilan 30 yil (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi boʻlgan taqdirda 25 yilgacha boʻlgan) muddatga bitim tuziladi;
- 3 ish kunida paxta-toʻqimachilik klasteri tegishli tuman (shahar) hokimi bilan yer ijarasi shartnomasi tuzadi (klaster yer uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan taqdirda).
Shuningdek, ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-toʻqimachilik klasteri oʻziga biriktirilgan yerlarni shaxslarga 1 yilgacha boʻlgan muddatga ikkilamchi ijaraga (ularni uchinchi shaxsga berish huquqisiz) berish huquqiga ega.
Paxta-toʻqimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bogʻliq masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring oʻtkaziladi.
Pogruzka xlopka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Iqtisod
Paxta yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala