Putin sanksiyalarga javob berishning eng yaxshi yo‘lini aytdi

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tish Prezident RF Vladimir Putin
 Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
G‘arb, Rossiyani cheklab turish siyosatini olib bormoqda, chunki u Rossiyani o‘z raqobatchisi deb biladi, lekin oxir-oqibat u bundan voz kechishga majbur bo‘ladi, deb hisoblaydi Vladimir Putin.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. G‘arb sanksiyalariga qarshi Rossiyaning global javobi - bu o‘z suverenitetini oshirish bo‘ladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Sochida bo‘lib o‘tgan Yosh olimlar kongressida prezidentga G‘arb tomonidan Rossiyaga yuqori texnologiyalar sohasida kiritilayotgan cheklovlarga doir savolllar berildi.
"Global miqyosda, albatta, suverenitetni oshirishimiz kerak. Aytmoqchi, biz jahon bozoriga eng yirik energiya manbaalari yetkazib beruvchimiz, lekin neft qazib olish bilan bog‘liq uskunalar yirik miqyosida import orqali sotib olinmoqda", - dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin yosh olimlar bilan uchrashuvda.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mahalliy ishlab chiqaruvchilar oldinroq ham import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishsa bo‘lardi, lekin ular bung ae’tibor qaratishmagan.
"Chunki vaziyat bunday o‘zgarishi (sanksiyalar kirtilishi – Sputnik) bizning xayolimizga ham kelmagan edi", - deydi Rossiya yetakchichi.
Vladimir Putin aytishiga ko‘ra, so‘nggi yilllarda Rossiya hukumati importni o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun jiddiy xarajatlar qilgan va shunday yo‘l bilan yaxshi natijaga erishgan.
"Sezilarli mablag‘lar sarflandi va yaxshi natijalarga erishildi. Biz oldimizga qo‘ygan deyarli barcha vazifalarni bajardik", - dedi prezident.
Sababsiz sanksiyalar
Yosh olimlar bilan bo‘lgan muloqotda Rossiya rahbari aksariyat hollarda Rossiyaga qarshi sanksiyalar muayan sabablarsiz kiritilayotganini aytib o‘tdi.
"Ba’zan , AQShdagi siyosiy kuchlar Rossiyaga qarshi kayfiyati bo‘yicha go‘yoki o‘zaro bellashayotgandek va shunday yo‘l bilan o‘zlariga ichki siyosiy ochkolar to‘playotgandek tuyuladi", - dedi Putin.
Rossiya – G‘arb raqobatchisi
Vladimir Putin aytishiga ko‘ra, G‘arb, Rossiyani cheklab turish siyosatini olib bormoqda, chunki u Rossiyani o‘z raqobatchisi deb biladi, lekin oxir-oqibat G‘arb bunday siyosatdan voz kechishga majbur bo‘ladi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda hech qanday yaxshi narsa ko‘rmayapti.
"Men G‘arb mamlakatlari bunday aylanadan qanday chiqib ketishi mumkinligini ko‘rmayapman. Lekin oxir-oqibat ular bunday qilishga majbur bo‘lishadi. Dunyoning o‘ziga xos rivojlanib borayotgani ularni shunga majbur qiladi", - dedi Putin .
Eslatib o‘tamiz Rossiya prezidenti Vladimir Putin 8-dekabr kuni Sochida Yosh olimlar Kongressida nutq so‘zlagan edi. Kongressda shuningdek Rossiyada Ilm va fan yilinini "Ilm va fan 10-yilligiga" aylantirish, biznesni fanga jalb qilish va boshqa masalalar bo‘yicha prezidentga savollar berildi.
Yangiliklar lentasi
0