Qurolli kuchlarning 30-yilligiga esdalik nishoni ta’sis etildi

© Minoboroni UzbekistanaVoyennoslujashie Uzbekistana
Voyennoslujashie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.12.2021
Obuna bo‘lish
Esdalik nishoni prezident - Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni nomidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
TOShKENT, 9 dek – Sputnik. Prezident farmoni bilan "O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30-yil" esdalik nishoni ta’sis etildi, deya xabar qildi Norma.uz.
Esdalik nishoni bilan mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishga salmoqli hissa qo‘shgan shaxslar, yuqori professional mahorati, harbiy-vatanparvarlik burchiga sadoqatini namoyon etgan harbiy xizmatchilar taqdirlanadi.
Jumladan, respublika mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish bo‘yicha jangovar harakatlarda ishtirok etgan, zaxiraga bo‘shatilgan yoki iste’foga chiqarilgan harbiylar, shuningdek, harbiy hamda xizmat burchini bajarishda halok bo‘lgan yoxud yarador bo‘lgan va shikastlangan Qurolli Kuchlarning harbiy xizmatchilari ham mukofokotga loyiq ko‘rilishi mumkin.
Esdalik nishoni prezident - Qurolli Kuchlar oliy bosh qo‘mondoni nomidan qo‘shilma komandiri va undan yuqori lavozimdagi shaxslar tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Mukofotlanganlarga esdalik nishoni bilan birga guvohnoma beriladi. Esdalik nishoni mukofotlanganlarga kuch ishlatuvchi tuzilmalar vazirlik va idoralari rahbarlarining buyruqlariga asosan topshiriladi.
Prizeri letnix Olimpiyskix igr v Tokio poluchili pamatnie medali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Tokio-2020 g‘oliblari esdalik nishonlar bilan taqdirlanishdi
Yangiliklar lentasi
0