Rossiya

Rossiya oliygohi turkiy dunyo yoʻnalishi boʻyicha magistraturaga byudjet oʻrinlari ochdi

© Serafima Domanova, informatsionnыy tsentr NOTS altaistiki i tyurkologii "Bolshoy Altay"Zdaniye AltGU
Zdaniye AltGU - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Boʻlajak magistrantlar Katta Oltoy xalqlari etnografiyasini, Rossining Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlaridagi siyosatini, xalqaro va hududiy integratsion jarayonlarni, badiiy madaniyat va sanʼat tarixini hamda raqamli texnologiyalarni oʻrganishadi.
Oʻzbekistonlik abituriyentlar Rossiyaning Sibir oʻlkasidagi eng yirik OTMlardan biriga byudjet asosida oʻqishga kirishi mumkin. Oltoy Davlat universitetining “Katta Oltoy” oltoychilik va turkshunoslik ilmiy-taʼlim markazi (OltDUning “Katta Oltoy” ITM) “Turkiy dunyo etnomadaniyati: art-amaliyot va kreativ industriya” magistrlik dasturiga 2022 yilda toʻqqizta byudjet oʻrinlari tashkil qilinganini eʼlon qildi.
Magistraturaga birinchi tanlov oʻtgan 2021 yilda boʻlib oʻtdi. Hozir dunyoning turli davlatlaridan kelgan 20 kishi turk dunyosining etnik madaniyatshunosligini oʻrganmoqda.
“Magistrlik dastur asosida – Katta Oltoy hududlari madaniyatida turkiy kodni oʻrganish turadi. Oʻqish davrida talabalar gumanitar hamkorlik, Markaziy Osiyo xalqlarining badiiy merosini ommaviylashtirish boʻyicha yirik loyihalarni ishlab chiqish va avmalga oshirish bilan shugʻullanishadi. Boʻlajak magistrantlar xalqaro olimlar guruhi rahbarligi ostida ishlashadi”, - deb izoh berdi dastur ishlab chiquvchilaridan biri, sanʼatshunoslik fanlari doktori, OltDU Gumanitar fanlar instituti direktori Larisa Nexvyadovich.
Taʼlim dasturi Abay nomidagi Qozogʻiston Milliy pedagogik universiteti bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Talabalar ikki OTMda fanlarini modullar asosida oʻrganishadi. Shu sababli ham oʻqishni bitirganidan soʻng ular ikki oliygoh diplomlarini olishlari mumkin.
“Rossiya taʼlimi Oʻzbekistonda va xorijiy davlatlarda ishga joylashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Bizning xalq uchun Katta Oltoy mavzusi juda muhim va ushbu mavzuni oʻrganish bizning xalqimiz uchun juda muhim. Ushbu dasturni oʻrganish turk dunyosi haqida chuqur va har tomonlama tasavvur olish, nafaqat oʻz davlati tarixi, balkim Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari tajribasini ham oʻrganish imkonini beradi. Undan tashqari mening fikrimcha OltDU oʻqituvchiari — haqiqiy mutaxassislar. Ular xorijiy talabalarga juda iliq munosabat va har doim yordamga kelishga tayyor”, - deydi OltDUning samarqandlik magistranti Farrux Toshniyezov.
Boʻlajak magistrantlar Katta Oltoy xalqlari etnografiyasi, Rossining Sharqiy va Markaziy Osiyo davlatlaridagi siyosatini, xalqaro va hududiy integratsion jarayonlarni, milliy badiiy madaniyatini, badiiy qadriyatlarni va moddiy boyliklarni restavratsiya qilish va saqlash sirlarini, badiiy madaniyat va sanʼat tarixini, zamonaviy bezak sanʼatini hamda raqamli texnologiyalarni oʻrganishadi.
© Serafima Domanova, informatsionnыy tsentr NOTS altaistiki i tyurkologii "Bolshoy Altay"Magistrant AltGU Farrux Toshniyezov
Magistrant AltGU Farrux Toshniyezov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Magistrant AltGU Farrux Toshniyezov
OltDU oʻqituvchilari orasida talabalar bilan Rossiya Madaniyat vazirligining madaniy qadriyatlar boʻyicha eksperti, sanʼatshunilik fanlari nomzodi, but (ikona) tuzatish ustaxonasi restavratori Galina Bulgayeva, Rossiya Fanlar akademiyaning Sibir boʻlimi yetakchi ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Irina Oktyabrskaya, pedagogika fanlari nomzodi, Abay nomidagi Qozogʻiston Milliy pedagogika universiteti professori, Qozogʻiston Rassomlar ittifoqi aʼzosi, YUNESKO va ISEKOning nomoddiy boyliklarni qoʻriqlash boʻyicha Milliy komissiya eksperti, Markaziy Osiyoda madaniyatlararo ijodiy uyushma eksperti Janerke Shaygozova va boshqalar ishtirok etadi.
“Turkiy dunyoning etnik madaniyatshunosligi: art-amaliyotlar va kreativ industriya” – magistrlik dasturi “Katta Oltoyning Turk-moʻgʻul dunyosi: tarix va hozirgi zamondagi birlik va koʻp qiyofalik” loyihasi doirasida Rossiyaning Ilm-fan va oliy taʼlim vazirligi koʻmagida amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, “Katta Oltoy” dasturi doirasida 2022 yilda yana beshta magistrlik dasturiga tanlov eʼlon qilinadi: “Katta Oltoy media hududining ijtimoiy xavfsizligi”, “Markaziy Osiyoda hududiy tahlil va tabiatdan foydalanish”, “Markaziy Osiyoda chegaralaruzra savdo: menejment va marketing”, “Shimolyi va Markaziy Osiyo hudularining barqaror rivojlanishi uchun raqamli texnologiyalarga asoslangan axborot tahlili” va “Turkshunoslik”.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala