Dunyoda

Saakashvili ikki oyga telefon qoʻngʻiroqlaridan mahrum qilindi

© AFP / IRAKLI GEDENIDZEEks-prezident Gruzii Mixail Saakashvili
Eks-prezident Gruzii Mixail Saakashvili  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2021
Gruziyaning sobiq prezidentiga intizomni buzgani uchun ikki oyga telefon qoʻngʻiroqlarini amalga oshirish taqiqlandi.
TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Gruziya qamoqxonasi maʼmuriyati mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga intizomni buzgani uchun ikki oyga telefon qoʻngʻiroqlarini amalga oshirishini taqiqladi, deb xabar bermoqda Sputnik Gruziya.
Uning advokati Shota Tutberidzening soʻzlariga koʻra, Saakashvili hibsga olish toʻgʻrisidagi Kodekning bir necha nizomini buzgan. Sobiq rahbar yetkazgan zarar 70 larini (23 dollar atrofida) tashkil etadi va shu bois unga nisbatan ikki oyga telefon suhbatidan cheklash tarzidagi intizomiy jazo qoʻllanilgan.
Advokat bu qarorni asossiz va noqonuniy deb hisoblashini bildirgan va qamoqxona qarori ustidan shikoyat keltirmoqchi.
Ulыbayuщiysya Saakashvili v rukax gruzinskoy politsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.10.2021
Video
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili Tbilisida qoʻlga olindi
Saakashvili 2004 yilning yanvaridan 2013 yilning noyabrigacha Gruziyani boshqargan va muddati tugashiga bir necha kun qolganida mamlakatni tark etgan. Shundan soʻng unga qarshi toʻrtta jinoiy ish ochilgan, ulardan ikkitasiga hukm chiqarilga. Saakashvili sirtdan uch yil va olti yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Joriy yil oktyabrida unga Gruziya chegarasini noqonuniy kesib oʻtish ayblovi qoʻyildi. Bu modda besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini nazarda tutadi. Soʻnggi yillarda Mixail Saakashvili Ukrainada yashab kelayotgan edi va bu mamlakat fuqaroligiga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala