Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Video: YeOII tufayli O‘zbekiston yiliga 1 mlrd $ iqtisod qilishi mumkin – ekspert

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston rejalashtirayotgan transchegaraviy xablar respublikaga qo‘shimcha foyda keltiradi, dedi Kubat Rahimov.
8 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) o‘zining 30-yilligini nishonladi. Bu sana Rossiya, O‘zbekiston va boshqa Hamdo‘stlik mamlakatlari uchun nimani anglatadi? Sputnikga bergan eksklyuziv intervyusida Yevroosiyo integratsiyasi bo‘yicha ekspert, iqtisod fanlari nomzodi Qubat Rahimov o‘z fikrlarini aytdi.
Iqtisodchining fikriga ko‘ra, O‘zbekiston MDH va YeOII erkin savdo zonasi borasida juda pragmatik yondashmoqda. Ikkinchi muddatga prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning yondashuvi mintaqadagi Yevroosiyo integratsiyasi yo‘nalishiga to‘g‘ri keladi.
Ekspert 2014-yilda ittifoqqa a’zo bo‘lgan Qirg‘iziston misolida YeOIIga kirishning afzalliklari haqida gapirdi. Shu jumladan, afzalliklardan biri - patent olish zarurati yo‘qligi.
"O‘zbekiston uchun YeOIIga qo‘shilish samarasini jiddiy pul bilan o‘lchash mumkin. Respublika iqtisodiyoti yiliga 1 mlrd $gacha tejaydi", — dedi Rahimov.
Bundan tashqari, ekspert Qozog‘iston hukumati to‘rtta transchegaraviy xab qurishni rejalashtirganini eslatdi: bittadan O‘zbekiston va Qirg‘iziston bilan chegarada, ikkitasi Rossiya bilan chegarada.
Bu transport markazlari o‘zbek fermerlariga foyda keltiradimi? Xablar O‘zbekiston, Rossiya va yana ikki davlat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi?
Yangiliklar lentasi
0