Hodisalar

Nijniy Novgorodda oʻzbekistonlik ishchilar boʻlgan avtobus YTHga uchradi

© Sputnik / Viktoriya Viatris / Fotobankka oʻtishSotrudniki skoroy pomoщi, illyustrativnoye foto
Sotrudniki skoroy pomoщi, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2021
Nijniy Novgorod viloyatida avtobus va KAMAZ toʻqnashuvida bir kishi qurbon boʻldi 11 kishi jarohatlandi.
TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Rossiyaning Nijniy Novgorodda oʻzbekistonlik ishchilar boʻlgan avtobus YTHga uchradi. Bir kishi qurbon boʻldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti viloyat favqulodda xizmatlariga asoslanib.
"YTHda 11 kishi jarohat oldi, bir kishi vafot etdi. Jarohat olganlarning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari. Ularga tibbiy yordam koʻrsatildi", — deyilgan xabarda.
Mahalliy nashrlarda xabar berilishiga koʻra, YTH kun kechida "Ardatov — Arzamas" yoʻlida joylashgan Ideal posyolkasi hududida sodir boʻlgan. PAZ avtobus "Progress" MCHJ qishloq xoʻjalik korxonasining 23 nafar ishchilarni olib ketayotgan boʻlgan.
Avtobus haydovchisi yoʻlning pastga qarab ketayotgan yoʻnalishida harakatlanib "yoʻl sharoitiga mos kelmaydigan tezlikda harakatlanishi" oqibatida avtobus yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va u tomondan kelayotgan KAMAZ rusumli yuk mashinasi bilan toʻqnashib ketgan.
Ayni damda Niijniy Novgorod viloyat prokuraturasi boʻlib oʻtgan voqea yuzasidan tekshiruv oʻtkazmoqda. Voqea tafsilotlari aniqlanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala