O‘zbekistonga xorijdan valyuta o‘tkazmalari 35 %ga oshdi - MB

© Sputnik / Vladimir TrefilovDenejnie kupuri
Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga xorijdan pul jo‘natmalari 35 % oshdi, bu iste’mol talabini yuqori darajada ushlab turgan omillardan biridir - Markaziy bank.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki xabariga ko‘ra, 2021-yilda xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori 1/3 miqdorida oshgan.
Xususan, ushbu yilning 11 oyi hisobida xorijdan O‘zbekistonga valyuta o‘tkazmalari miqdori $7,3 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yil ko‘rsatgichlariga nisbatan 35% yuqori. Bank xabariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatgich iste’mol talabini yuqori darajada ushlab turgan omillardan biridir.
Shuningdek, O‘zbekistonda 2021-yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati ham kutilgan darajada yuqori bo‘lgan. 2021-yilning 11 oyida iqtisodiy o‘sish darajasi 6,5-7,2% ni tashkil qilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga yil boshidan buyon so‘m-dollar ning almashuv kursi 10 449–10 787 atrofida bo‘lib turgan, lekin Noyabr oyida so‘mning qadrsizlanishi biroz tezlashgan. Yil boshidan buyon so‘m kursi 3%ga pasaygan.
Yangiliklar lentasi
0