Qandli diabetni tahlilsiz qanday aniqlash mumkin?

© Depositphotos.com / KruchenkovaChelovek s glyukometrom izmerayet saxar v krovi
Chelovek s glyukometrom izmerayet saxar v krovi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
Doktor Dadasheva: chanqoqlik, tez-tez siydik kelishi va muntazam ochlik hissi- diabetning belgilaridir.
Vrach teravpevt Suri Dadasheva shifokorga bormasdan turib ham qandli diabetni aniqlash haqida so‘zlab berdi.

“Chanqoqlik (ko‘p suyuqlik ichganda ham og‘izning quruq bo‘lishi), tez-tez siyish va doimiy ochlik hissi – qandli diabetning uchta muhim simptomlaridir” deydi mutaxassis.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, diabetning dastlabki belgilariga zaiflik, terlash, terining qurishi va yaralarning sekin bitishi ham kiradi. Kasallikning kelib chiqish sabablari irsiyat, semizlik va arterial gipertenziya ko‘proq sabab bo‘ladi.
Olimlar qon bosimini tushiradigan eng yaxshi mahsulotni aniqlashdi
"Kasallik bilan og‘rigan insonlar uchun sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish, tana vaznini meyorlashtirish, muntazam jismoniy harakatda bo‘lish va stressli vaziyatlardan saqlanish nihoyatda muhim” deydi shifokor.
Dadashevaning so‘zlariga ko‘ra, kasallikni oldini olish uchun har olti oyda bir marotaba qonda o‘rtacha shakar miqdorini aniqlash uchun glyukozalangan gemoglobin (HbA1c) testidan o‘tish zarur. Ko‘rsatgich 6% dan yuqori bo‘lsa, endokrinologga murojaat qilish lozim.
"Agar vaqtida aniqlansa, hatto dori-darmonlarsiz to‘g‘ri ovqatlanish bilan ham tuzalish mumkin", deydi
Yangiliklar lentasi
0