Kolumnistlar

Rossiya va NATO Boltiqboʻyida toʻqnashsa nima boʻladi?

© ARMEND NIMANI / AFPNATO
NATO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2021
Amerikalik siyosatchi Dug Bendou xulosasiga koʻra, Rossiya blan qurolli toʻqnashuv sodir boʻlgan holatda AQSH armiyasi Riga ostonasida, Qoʻshma shtatlarga biror foyda keltirmasdan, qurbon boʻlishi aniq.
Rossiyani Yevropada cheklab turish yoʻlida milliardlab dollar xarajat qilishiga qramasdan, Boltiqboʻyi mamlakatlari NATOning “boʻsh joyi” va Sharqqa kengayish yoʻlida qoʻygan yaqqol xatosi boʻlib qolmoqda.
Oʻzining iqtisodiy yoki harbiy potentsialiga ega boʻlmagan Latviya, Litva va Estoniya Shmoliy alyansni Yevropada obʼyektiv jihatdan kuchsizlantirmoqda. Ular destruktiv aksil Rossiya siyosat olib borish bilan birga oʻz hududlarida xorijiy harbiylar doim boʻlishi uchun sharoit yaratib berishmoqda va goh-gohida Rossiya bilan harbiy mojaro keltirib chiqarishga urinmoqda.
Ushbu hududda jangovar harakatlar sodir boʻlgan taqdirda NATOning yengilishi aniq. Chunki NATO davlatlari jugʻrofiy jihatdan oʻzaro ittifoqdosh boʻlgan Rossiya va Belarus boʻsagʻasida joylashgan. Maʼlumki, har qanday urush 90% logistikadan tarkib topgan.
NATO maʼlumotiga koʻra, Rossiya Suvalksk koridorini ikki soat ichida egallab olishi mumkin. Buning uchun Gʻarbiy harbiy okrug va Kaliningrad gruppirovkasi kuchlari jamlansa kifoya. Latviya, Litva va Estoniya va alyansning boshqa davlatlari orasida aloqalarni toʻsib qoʻyish juda oson. Mutxassislar prognoziga koʻra, ushbu gibrid operatsiya migrantlar ishtirokidagi tartibsizliklardan boshlanishi mumkin (Belarus – Polsha chegarasida boʻlgani kabi). Rossiya qoʻshinlari esa, tartibsizliklar sodir boʻlayotgan vaqtda kerakli hududni egallab olishadi.
“Hamkorlar”dan hech biri Moskvaga Suvalksk koridor, nima uchun kerakligini yoki NATOdan uzib olingan Boltiqboʻyi respublikalarini nima qilish kerakligini tushuntirmaydi. Rossiyaga nsbatan agressiv siyosatlarini izohlash uchun, shu kabi stsenariylarni Vashington va Bryusselda doimiy ravishda tuzib kelishmoqda.
2008 yilda Gruziya tomonidan boshlangan 5-kunlik urush Gʻarbga Pentagon qoʻshinlari ishtiroki ham Rossiyani toʻxtata olmasligini yaqqon namoyish qilgan boʻlsa-da, biroz oldin Riga Vashingtondan Latviya hududidagi amerika harbiy kontitenti sonini oshirishni soʻradi.
Polshada sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ehtimoliy jangovar harakatlarni kompyuterda modellashtirish natijasi ham – hech qanday quvonchli natijalarga olib kelmadi. U Rossiya armiyasi 5 kunda Varshavaga kirib borishi mumkinligini namoyish qildi. Amerikalik siyosatchi Katona Institutining katta ilmiy xodimi Dug Bendou xulosasiga koʻra, Moskva blan qurolli toʻqnashuv sodir boʻlgan holatda AQSH armiyasi Riga ostonasida Qoʻshma shtatlarga biror foyda keltirmasdan qurbon boʻlishi aniq.

Boltiq hamkorligi

NATOning xarajat va yoʻqotishlari alyans “katta hamkorlari” manfaatlariga mos boʻlishi kerak. Barcha harbiy harakatlar ana shu tamoyildan kelib chiqqan holda rejalashtiriladi. AQSH Mudofaa vazirligi oʻz qoʻshinlarini Sharqiy Yevropaning biror hududida joylashtirish rejalarini eʼlon qilmagan boʻlsada, ayrim maʼlmotlar oshkor boʻlgan.
Xususan, AQShning MQ-9 Reaper razvedkachi va zarba beruvchi uchuvchisiz apparatlari Rumыniyaning Kampiya-Turziy harbiy bazasida joylashtirila boshladi. AQSH HHKning yana bir ana shunday boʻlinmasi Polshada joylashgan. Amerikaning 4-ya harbiy brigadasi Gruziya, Latviya, Shimoliy Makedoniya, Polshe va Rumыniya.
Pentagonning Sharqiy Yevropa hududdida faolligining oshishi bilan bir vaqtda, nisbatan tinch boʻlgan Boltiqboʻyi davlatlarida AQSH harbiy kontingentinpi kengaytirish istiqboli yoʻq. Ushbu maqsadga allaqachon haddan ortiq mablagʻ sarflanib boʻlgan.
Chunki pul – birinchi navbatda, hamkorlik – ikkinchi. Bu borada Ukraina misoli juda yaxsh namunadir.
Oldinroq AQShning nufuzli RAND va CSIS izlanishlar markazlari Ukrainani Gruziyada joylashgan NATO kuchlari yordamida “Rossiya agressiyasidan” himoya qilish variantlarini koʻrib chiqishgan edi va “ xarajatiga arzimaydi” degan xulosaga kelishgan edi. Bir necha armiya brigadalarini joylashtirish 27 mlrd dollarni tashkil qiladi va ularni taʼminlash uchun har yili yana 11 mlrd. dollardan xarajat qilishga toʻgʻri keladi.
Bir vaqtning oʻzida NATOning yevropalik ittifoqchilari boshida 6 mlrd va har yili 2 mlrd. dollardan xarajat qilishlariga toʻgʻri keladi. Gʻarb uchun Ukraina, albatta juda “kerak”, lekin xarajati koʻplik qilmoqda... Ayniqsa YEI va NATO Sibir uglevodorodlaridan mahrum boʻlib qolishi hamda boshiga yadroviy toʻqmoq bilan zarba berilish istiqbolini nazarga olganda.
Misol uchun, 2014 yilda Ukrainada davlat toʻntarishi sodir etish uchun Vashington 5 milliard dollar sarfladi. Undan tashqari soʻnggi 7 yilda Kiyevdagi qoʻgʻirchoq hukumatni qoʻllab-quvvatlash uchun AQSH yana 2,5 milliard dollar xarajat qildi.
AQSH prezidenti Jo Bayden 8 dekabr kuni Amerika harbiylaridan Rossiyani Ukrainaga “bostirib kirmasligini” taʼminlash uchun foydalanmasligini maʼlum qildi. Oq Uy va Pentagon Kiyevga oʻqotar qurollar yetkazib berishni ushbu haftada tugatadi, lekin boshqa qoʻshimcha yordam bermaydi.
Shu oʻrinda Litva mudofaa vaziri Arvidas Anushauskasning kecha aytgan " Ukraina kurashi – bu bizning ham kurashimiz” degan soʻzlari biroz notoʻgʻri eshitladi. Litva ham oʻz qoʻshinlarini Donbassga joʻnatishni istamaydi. Bronjiletlar va “oʻquv missiyalari” hech narsani hal qilmaydi.

Obʼyektiv reallik

Bir narsani unutmasliklik kerak, Latviya, Litva va Estoniya – alyans aʼzolari boʻlsa-da, Vashington va Bryussel uchun ularning ahamiyati unchalik katta emas. Buni ushbu respublikalardagi milliy harbiy qurilish sohasidan bilib olsa ham boʻladi.

Haqiqat shundaki, Boltiqboʻyi respublikalaridan hech biri har-xil qoʻshin turlaridayen iborat toʻlaqonli armiyaga ega boʻlish, zarba beruvchi samolyot, jangovar tank yoki harbiy kema sotib olish imkonini bermaydi. Hatto bir dona foydalanishda boʻlganini ham. Limfitrlar taqdiri shunaqa boʻladi.

Bu borada Polshaning omadi biroz koʻproq chopdi. Unga 2000 yillarda Iroqda xizmat qilgan 300ta Cougar rusumli AQSH zirhli avtomobillarini sotib olishga ruxsat berildi.
Nima boʻlganda ham, ushbu haftada Belgiya HHKning ikkita F-16 qiruvchi samolyotlari Estoniya osmonida 150 metr balandlikda parvozlarni mashq qilib, mahalliy aholi turmushini doʻzaxga aylantirmoqda. Bunday mashqlardan maqsad – Rossiya havo mudofaa tizimini yengib oʻtish. Lekin NATOning real agressiyasi sharoitida Estoniyaning Emari aviabazasi Rossiya Gʻarbiy harbiy okrugi kuchlarining dastlabki nishoniga aylanadi. Zarba oqibatida respublikaga katta zarar yetkazilishi aniq.
Lekin Boltiqboʻyi hududi va shuningdek Qora dengiz hududi ham kollektiv Gʻarbning jiddiy yoʻqotishlariga arzimaydi. NATO harbiy xizmatchilarining hech biri Suvalksk koridori, Vilnyus, Riga yoki Tallinn ostonasida vafot etishni istamaydi. Bu ular uchun qabul qilib boʻlmaydigan zarardir. Agar bir kun kelib bu yer haqiqatdan ham “qaynoq nuqtaga” aylansa(Rossiya qoʻshinlari yaqinda yangilangan TOS-1A "Solntsepek" ogʻir olov purkovchi toʻplarga ega boʻlishdi)- xorijiy legionerlar "qahramonlarcha" bu joyni tashlab qochadi. NATO kuchlari 2021 yil yozida Qobulni tark etgani kabi.
Harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenkoning telegram kanaliga obuna boʻling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala