Jamiyat

Samarqand aeroporti bugundan ish faoliyatini tiklaydi

Boeing 767- 3 CBER - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2021
“Samarqand” xalqaro aeroporti mahalliy va xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatishni qayta tiklaydi.
TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. 10 dekabrdan “Samarqand” xalqaro aeroporti mahalliy va xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatishni qayta tiklaydi, deb xabar qildi Transport vazirligi.
Samarqand aeroporti yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik koʻrish maqsadida 20 oktyabr kuni yopilgandi.
Ayni damda uzunligi 3105 metr va eni 60 metr boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi va 24 ta samolyot toʻxtash joyiga moʻljallangan perronni oʻz ichiga olgan yangi aerodrom majmuasi qurilishi toʻliq yakunlandi.
Aerodrom majmuasi zamonaviy energiya tejovchi yorugʻlik signalizatsiya uskunalari va IKAOning ikkinchi toifasiga mos keladigan qoʻnish tizimi bilan jihozlangan.
Aerovokzal majmuasi qurilishi esa davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala