Samarqand O‘zbekistonning "turizm darvozasiga" aylantiriladi

Samarkand - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida Samarqandda turistlar sonini besh millionga yetkazish uchun amalga oshirilayotgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Samarqandda yaqin kelajakda shahar aholisi soni 1 millionga, bu yerga yiliga kelayotgan turistlar sonini 5 millionga yetkaziladi. Bu haqida O‘zbekiston prezidetni Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida ma’lum qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu predstavili proyekti v Samarkandskoy oblasti
Shavkatu Mirziyoyevu predstavili proyekti v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Shavkatu Mirziyoyevu predstavili proyekti v Samarkandskoy oblasti
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Samarqandni O‘zbekistonning “Turizm darvozasi”ga aylantiriladi va kelajakda sayyohlik xizmatlari hajmini 10 barobarga oshirish mo‘ljallangan.
"Viloyatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini yiliga 5 millionga yetkazish maqsad qilingan", - deyilgan xabarda.
Xususan, 600 dan ortiq yangi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari tashkil etiladi, 212 gektar maydonda Samarqand biznes va turizm markazi quriladi. Uning tarkibida 8 ta mehmonxona, dam olish va ko‘ngilochar obyektlar, hunarmandchilik markazi, sun’iy suv havzalari bo‘ladi, 5 mingdan ziyod yoshlar bandligi ta’minlanadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkatu Mirziyoyevu predstavili proyekti v Samarkandskoy oblasti
Shavkatu Mirziyoyevu predstavili proyekti v Samarkandskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.12.2021
Shavkatu Mirziyoyevu predstavili proyekti v Samarkandskoy oblasti
Eslatib o‘tamiz, yaqin yillarda Samarqandni yashash uchun qulay bo‘lgan “millionli shahar”ga aylantirish rejalashtirilgan. Buning uchun shahar tarkibiga qo‘shni tumanlardan muayan hududlar qo‘shiladi. Davlat idoralari va ma’muriy xizmatlar tarixiy markazdan boshqa joyga ko‘chiriladi. 2 ta tonnel va 2 ta ko‘prik quriladi.
Yangiliklar lentasi
0