Video

Vatan madhiyasi qanday yaratilgan edi - video

Oʻzbekiston madhiyasi musiqasi muallifi - Oʻzbekiston xalq bastakori Mutal Burhonov, madhiya soʻzlari muallifi - Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov.
TOSHKENT, 10 dek - Sputnik. Har safar jaranglaganda koʻngilga gʻurur, koʻzlariga yosh keltiradigan Oʻzbekiston madhiyasi qachon va qanday yaratilgan edi?
Madhiya musiqasi yaratilishi tarixi mustaqil Oʻzbekiston tarixidan ham uzoqroq. Uning tarixi Oʻzbekiston SSRning birinchi madhiyasi yaratilishi vaqtiga borib taqladi. 1946 yilda SSSRning ilk madhiyasi paydo boʻlganidan soʻng (1944yil) Oʻzbekiston ham oʻz madhiyasini yaratishga kirishadi.
Madhiya musiqasi tanlovida oʻsha vaqtlar endi ijodini boshlagan bastakor Mutal Burhonov musiqasi gʻolib chiqadi. "Xalq soʻzi" maqolasiga asosan.
"Boshqa yumushlarni chetga surib, butun vujudim bilan ishga kirishdim, — deya yozadi bastakor oʻzining “Koʻngil xazinasi” kitobida. — Oʻzbek xalq musiqasining rangin ohanglarini izladim, chunki unda shashmaqomimizning gardun yoʻli bor... Nihoyat, madhiyani tugatdim. Notalarini tayyorlab, konvertga soldim-da ustiga “Poema” deb shartli nom qoʻyib, hayʼatga joʻnatdim".
1967 yilga kelib esa Oʻzbekiston SSR madhiyasi matniga ayrim oʻzgartirishlar kiritish zarurati tugʻiladi va bu yumushga shoir Turob Toʻla jalb etiladi, lekin musiqa oʻzgartirilmaydi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng yangi davlat madhiyasiga ehtiyoj tugʻildi. Tanlovga 40 yildan ziyod vaqt mobaynida ijro etib kelinayotgan eski madhiya musiqasi ham nomzod asarlar qatoridan oʻrin oldi. Unga Abdulla Oripov yangi matn yozdi.

Bastakor va shoirning har bir ohang, har bir soʻz ustida hamkorlikda ishlashlari zoye ketmadi. Yangi madhiya barchaning qalbidan joy oldi.

"Yangi eʼlon qilingan tanlov qatnashchisi sifatida mustaqil davlatimiz parlamentida oʻtirar ekanman, qalbim gʻururga toʻla edi, chunki shu musiqa barchaning qalbidan joy olganiga ishonardim, — deya yozadi Mutal Burhonov. — Musiqaning yarmiga kelganida zalda olqishlar boshlandi..."
© Sputnik / Pogorelchenko / Fotobankka oʻtishAbdulla Oripov
Abdulla Oripov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.12.2021
Abdulla Oripov
Shu tariqa A. Oripov va M. Burhonov tomonidan yaratilgan asar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sifatida tasdiqlandi. Oʻshanda 1992 yilning 10 dekabri edi.
Maʼlumot uchun, "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi" haqidagi qaror 1992 yilning 10 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasining Yuqori Kengashinig 11-chaqirigʻida qabul qilingan. Ushbu madhiya 1992 yildan hozirgi paytgacha Oʻzbekiston Respublikasining madhiyasi hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala