Jamiyat

Hududlarda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2021
Tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda jami 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladi.
TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, tuman (shahar) markazlariga yaqin va uy-joyga talab yuqori boʻlgan hududlarda jami 29 ta “Yangi Oʻzbekiston” massivlari quriladi.
Mazkur massivlarda 619 ta uy-joy (21 ming 321 xonadon), 18 ta maktab, 24 ta bogʻcha, 15 ta tibbiyot muassasasi barpo etiladi.
Bunda:
koʻp qavatli uy-joylarning qurilish osti yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auktsion orqali ijara huquqi asosida sotiladi;
uy-joylarga tutash yer uchastkalari mulkdorlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratib beriladi;
massivlarda tashkil etiladigan ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish obʼyektlarini qurish uchun yer uchastkalari tadbirkorlarga elektron onlayn-auktsion orqali mulk va ijara huquqlari asosida realizatsiya qilinadi;
elektron onlayn-auktsionda gʻolib deb topilgan tadbirkorlar koʻp qavatli uy-joylar qurilishi uchun “SSS” va undan yuqori reytingga ega qurilish tashkilotlarini jalb qilishi mumkin.
Farmonga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan past rentabelli 489 gektar yer maydonlari “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish uchun aholi punktlarining yerlari hamda sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkaziladi.
2023 yil 1 yanvargacha toifasi oʻzgarayotgan sugʻoriladigan yer uchastkalari maydonining 5 baravari miqdorida yangi yerlar oʻzlashtiriladi.
Farmonga koʻra, oldingi yillarda barpo etilgan massivlarning boʻsh turgan yer uchastkalarida ham uy-joylarni qurish davom ettiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala