Jamiyat

Ipoteka, uy-joy va subsidiyalar: prezident farmoni

© Sputnik / Nina Zotina / Fotobankka oʻtishKalkulyator i dom
Kalkulyator i dom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2021
Ipoteka krediti boʻyicha subsidiyalarni toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi.
TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2021 yil 10 dekabrdan:
daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti boʻyicha subsidiyalarni toʻlashda kvartira maydonining eng koʻp meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;
dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, foiz toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga toʻlanadi;
subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda ham toʻlanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi boʻlmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi.
Shuningdek, farmonga koʻra, elektron onlayn-auktsion gʻoliblariga yer uchastkasi qiymatining 30 foizini auktsion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi.
2022 yil 1 yanvardan pudrat tashkilotlari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan koʻp kvartirali uy-joylarni kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etishi mumkin.
2023 yil 1 yanvargacha tsement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qoʻllaniladi.
Bundan tashqari, 2022 yilda xotin-qizlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga 1 000 ta kvartira sotib olish choralari koʻriladi.
Farmonga koʻra, 2022 yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruktsiya qilish uchun jami 43 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala