Jamiyat

Koronavirusga chalingan bemorlar soni keskin oshdi, 4 kishi vafot etdi

© REUTERS / Stephane MaheMeditsinskiy rabotnik v zaщitnom kostyume i maske v Nante, Frantsiya
Meditsinskiy rabotnik v zaщitnom kostyume i maske v Nante, Frantsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2021
Sutka davomida 278 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 195 524 nafarni tashkil qilmoqda.
TOSHKENT, 11 dek — Sputnik.Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.
Bir sutka davomida 278 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 195 524 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpogʻiston Respublikasida (7), Andijon viloyatida (13), Buxoro viloyatida (13), Jizzax viloyatida (7), Qashqadaryo viloyatida (6), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (3), Samarqand viloyatida (16), Sirdaryo viloyatida (2), Surxondaryo viloyatida (6), Fargʻona viloyatida (12), Xorazm viloyatida (7), Toshkent viloyatida (81), Toshkent shahrida (102) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 192 260 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 4 nafar bemor vafot etdi, Oʻzbekistonda jami 1434 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 269,1 milliondan oshdi, 5,2 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (49,8 mln), Hindistonda (34,7 mln), Braziliyada (22,2 mln).
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala