Rossiya ramzlari: o‘zbekistonlik kiyimi sabab Ukrainaga kiritilmadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Dnya gosudarstvennogo flaga Rossii
Prazdnovanie Dnya gosudarstvennogo flaga Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2021
Obuna bo‘lish
Ukraina chegara xizmati Rossiya ramzlari tasvirlangan kiyimda kelgan O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga kiritmadi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. Ukraina davlat chegara xizmati Rossiya ramzlari tasvirlangan kiyimda kelgan O‘zbekiston fuqarosini mamlakatga kiritmadi.
““Borispol” nazorat-o‘tkazish punktida Rossiya ramzlari tushirilgan kiyimda kelgan O‘zbekiston fuqarosi Ukraina hududiga kiritilmadi”, — deyilgan chegara xizmati Facebookdagi sahifasida.
Chegara xizmatining xabar berishicha, kiyimda Rossiya bayrog‘i va gerbi tasvirlari hamda “Russian national team” yozuvi bo‘lgan.
Erkak chegarachilarga mamlakatga kelish maqsadi - traktor sotib olish, deb aytgan, biroq buni isbot qila olmadi.
O‘zbekiston fuqarosi qaytish reysi bilan Toshkentga jo‘nab ketdi.
Yangiliklar lentasi
0