Rossiyadan O‘zbekistonga yangi turdagi vaksina olib kelindi

Vaksina Sputnik Layt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.12.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga 200 ming doza yangi turdagi vatsina keltirildi.
TOShKENT, 11 dek — Sputnik. O‘zbekistonga 200 ming doza yangi turdagi vaksina keltirildi, deb xabar qildi respublika SSV matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, respublikada koronavirucga qarshi qo‘llanilayotgan vaksinalar turi yettitaga yetdi. Ya’ni Rossiyadan 200 ming doza Sputnik Layt (Sputnik Light) vaksinasi keltirildi.
Sputnik Light bir komponentli vaksina bo‘lib, u bilan to‘liq emlanish uchun bir dozasini olish kifoya.
Avvalroq ushbu vaksinaning 7 500 dozasi olib kelingandi.
Shunday qilib, O‘zbekistonda foydalanilayotgan vaksina 48 036 368 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan: 2 404 480 dozasi AstraZeneca; 36 789 938 dozasi ZF-UZ-VAC2001; 1 341 790 dozasi "Sputnik V"; 3 000 060 dozasi Moderna; 2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech; 1 976 000 dozasi Sinovac; 207 500 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.
Shundan 35 845 059 dozasi emlash jarayonlarida qo‘llanilgan.
Yangiliklar lentasi
0