Jamiyat

Samarqanddan Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya shaharlariga aviaqatnovlar tiklanadi

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishSamolet Airbus A320
Samolet Airbus A320 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.12.2021
Keyingi haftada Samarqanddan Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya shaharlariga aviaqatnovlar tiklanadi.
TOSHKENT, 11 dek — Sputnik. Samarqanddan Rossiya, Qozogʻiston, Turkiya shaharlariga aviaqatnovlar tiklanadi, deb xabar qildi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.
“Samarqand" xalqaro aeroporti ochilishi munosabati bilan 17 dekabrdan boshlab quyidagi qatnovlarni tiklaydi:
Samarqand-Moskva-Samarqand
Samarqand-Istanbul-Samarqand
Samarqand-Olmaota-Samarqand
Samarqand-Sankt-Peterburg-Samarqand.
Kuni kecha Transport vazirligi “Samarqand” xalqaro aeroporti mahalliy va xalqaro reyslarga xizmat koʻrsatishni qayta tiklashini maʼlum qilgandi.
Uzunligi 3105 metr va eni 60 metr boʻlgan uchish-qoʻnish yoʻlagi va 24 ta samolyot toʻxtash joyiga moʻljallangan perronni oʻz ichiga olgan yangi aerodrom majmuasi qurilishi toʻliq yakunlandi. Aerodrom majmuasi zamonaviy energiya tejovchi yorugʻlik signalizatsiya uskunalari va IKAOning ikkinchi toifasiga mos keladigan qoʻnish tizimi bilan jihozlandi.
Aerovokzal majmuasi qurilishi esa davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala