AQShda eng kuchli tornadolardan biri sodir bo‘ldi - video

© AP Photo / David GoldmanSemya plachet na ruinax doma, razrushennogo tornado, Boregard, shtat Alabama
Semya plachet na ruinax doma, razrushennogo tornado, Boregard, shtat Alabama - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.12.2021
Obuna bo‘lish
AQShning Illinoys, Missuri, Arkanzas, Kentukki va Tennessi shtatlarii hududida sodir bo‘lgan tornado oqibatida kamida 80 kishi qurbon bo‘lgan.
TOShKENT, 12 dek — Sputnik. AQShning Sharqiy qirg‘og‘i, Kentukki shtattida 11-dekabr kuni kuchli tornado sodir bo‘ldi. Twitter foydalanuvchilari ushbu mudhish hodisadan so‘ng olingan videolavhalarni internetga joylashtirishdi.
Dron yordamida olingan kadrlarda yer bilan yakson qilingan shahar namoyon bo‘lmgan. Uylar butkul xarobaga aylangan, daraxtlar ham shox-shabbalaridan mahrum bo‘lib faqat tanasi qolgan.
Yangiliklarda xabar berilishiga ko‘ra, AQShning Illinoys, Missuri, Arkanzas, Kentukki va Tennessi shtatlarii hududida sodir bo‘lgan tornado oqibatida kamida 80 kishi qurbon bo‘lgan.
Jo Bayden ushbu tabiiy ofatni AQSh tarixida eng kuchli tornadolardan biri deb atadi. Rossiyaning AQShdagi elchixonasi va Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti va xalqiga hamdardlik bildirishdi.
Yangiliklar lentasi
0