Jamiyat

Ayollarga "gap otish" va taʼqib qilish uchun javobgarlik belgilanadi

© FAOSelskiye jenщinы Uzbekistana
Selskiye jenщinы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Dunyoning yetuk davlatlari qatorida Oʻzbekistonda ham ayollarga "gap otish", taʼqib qilish, zoʻravonlik, shaxsiy va intim hayotini oshkor etish kabi jinoyatlar uchun javobgarlik kiritiladi.
TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Oʻzbekiston Adliya vazirligi ayollar huquqlari himoyasini kuchaytirishga qaratilgan bir qator muhim qonunlar tashabbusi bilan chiqdi.
1.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga “taʼqib etish” tushunchasi kiritiladi. Yaʼni, shu vaqtga qadar qonunchilikda qizlarni, ayollarni orqasidan kuzatib yurish tushunchasi kiritilmaganligi sababli, ushbu kabi holatlardan qonuniy ravishda himoyalanish mexanizmlari ham boʻlmagan. Vaholanki, dunyo tajribasida bunday holatlar juda koʻp uchraydi. AQSH, Avstraliya va Frantsiyada har 5 nafar ayoldan bittasi taʼqib etishni boshidan kechirgan va ushbu davlatlarda bunday holatlardan himoya qilish institutlari shakllangan.
2.
Muassasa rahbari zimmasiga zoʻravon va jabrlanuvchi oʻzaro munosabatlarini cheklash majburiyati yuklatiladi. Hozirgi kunda qonunchilikda ish va oʻqish davomida tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayollar ish beruvchisining yoki taʼlim muassasasi rahbarining javobgarligi belgilanmagan. Bu esa takroran zoʻravonlik, tazyiq sodir etilishiga sabab boʻladi.
3.
Ayollar shaxsiy yoki intim hayoti daxlsizligini buzganlik uchun alohida javobgarlikni belgilanadi. Kanada, Germaniya, Angliya, Yaponiya, Avstraliya, AQShda shaxsning intim surati va videotasvirlarini tarqatganlik uchun javobgarlik mavjud. Afsuski Oʻzebkistonda ham xotin-qizlarning turli koʻrinishdagi rasmlari, videolarini tarqatish orqali ularning shaxsiy hayot daxlsizligini, ayniqsa intim hayot daxsizligini buzish holatlari koʻplab uchramoqda. Bu esa ayollar kelgusi hayotini, oilaviy munosabatlarining buzilishiga, notoʻgʻri yoʻllarga kirib ketishiga sabab boʻlmoqda.
4.
Ayollar uchun reabilitatsiya markazlari quriladi va bunday markazlar qurgan tadbirkorlarga yordam beriladi. Bugungi kunga qadar zoʻravonlikka uchragan qariyb 36 mingga yaqin ayolga himoya orderi berilgan, lekin respublikada Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish boʻyicha markazlar soni atigi 29 ta.
5.
Ayollarga "gap otish", ularga nisbatan turli izohlarni aytish, nafsoniyatiga tegish uchun jarima belgilanadi. Bu kabi harakatlar ayollarning erkin harakatlanishini chegaralaydi, ayrim hollarda ruhiy tushkunlik, sogʻliqqa ham zarar yetkazadi. Belgiya, Portugaliya, Argentina, Kanada, Yangi Zelandiya va AQSH kabi davlatlarda bunday harakatlar mayda huquqbuzarlik sifatida baholanib, 750 yevrogacha jarima solishga sabab boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga yuqoridagi oʻzgarishlarni kiritish tashabbusi bilan chiqqan Adliya vazirligimaʼlumotiga koʻra, xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, ayollar oʻrtasida tazyiq va zoʻravonlik natijasida oʻz joniga, farzandlari hayotiga qasd qilish holatlari kuzatilmoqda.
Ayollarning naqafat turmush oʻrtoqlari tomonidan, balki qaynota va boshqa qarindoshlari tomonidan, eng achinarlisi, bogʻcha, maktab yoshidagi qizlarga zoʻravonlik qilish holatlari kuzatilmoqda.
Shu sababli ham ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish kerak, deyilgan xabarda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala