Jamiyat

Kelgusi haftada sovuq havo, yomgʻir va qor kutilmoqda

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishZima
Zima - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Kelayotgan haftada Oʻzbekiston hududida havo sovuq boʻladi, hafta boshida baʼzi hududlarda yomgʻir va qor yogʻishi mumkin.
TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Kelayotgan haftaning 13-16 dekabr kunlari Oʻzbekistonda havo sovuq boʻladi. Aksariyat hududlarda harorat noldan past darajada boʻlishi kutilmoqda, deb xabar qildi Oʻzgidromet.
Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida
Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq , kunduzi 0-5° iliq boʻladi. Ustyurtda 13 dekabrda kechasi 8-13° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq; 14-16 dekabrda kechasi 10-15° sovuq , kunduzi 1-6° sovuq boʻladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida
Havo oʻzgarib turadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. 14 dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 15-16 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Harorat 13 dekabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq, 14 dekabrda kechasi 2-7° sovuq , kunduzi 3° sovuq-2° iliqgacha, 15 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi; Navoiy viloyatining shimolida 13 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 1-6° sovuq, 14 dekabrda kechasi 7-12° sovuq , kunduzi 1-6° sovuq, 15 dekabrda kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq, 16 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida
Havo oʻzgarib turadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. 14 dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 15-16 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 14 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 15-16 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida
Havo oʻzgarib turadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. 14 dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 15-16 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 13 dekabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 14 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 0-5° iliq, 15-16 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatida
Havo oʻzgarib turadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 14 dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir qorga aylanadi. 15 dekabrda baʼzi joylarda qor yogʻadi. 16 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 14 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq, 15 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 16 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi.
Togʻli hududlarda
Havo oʻzgarib turadi, 13-15 dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik boʻladi. 13 dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. 16 dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 dekabrda baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq boʻladi, 14-16 dekabrda kechasi 7-12° sovuqgacha, kunduzi 0-5° sovuqgacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala