Jamiyat

Qarz necha puldan koʻp boʻlsa yozma shartnoma tuzish kerak?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Fuqarolar orasida olinayotgan qarz miqdori BHMning oʻn baravaridan koʻp boʻlganda yoki tomonlardan biri yuridik shaxs boʻlganda yozma shartnoma tuzish majburiy hisoblanadi.
TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Fuыarolar oʻrtasida qarz summasni necha puldan oshganda yozma shartnoma tuzish kerak? Ushbu savolga Adliya vazirligi javob berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga koʻra, fuqarolar oʻrtasida oʻzaro olingan qarz summasi BHMning 10 baravaridan koʻp boʻlgan taqdirda, yaʼni 2 mln 700 ming soʻmdan koʻp boʻlganda, oddiy yozma shaklda shartnoma tuzilishi shart.
Ikkinchidan, agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud boʻlsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi.
Uchinchidan, agar qarz beruvchi yoki qarz oluvchi tomonlardan biri yuridik shaxs boʻlganda, qarz summasidan qatʼi nazar - yozma shartnoma tuzilishi shart.
Shuningdek, qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya yoki qarz summasini va qarz beruvchining uni undirib olish huquqini belgilaydigan boshqa qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlangan boʻlsa, qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda fuqarolar orasidagi iqstisodiy munosabatlar Fuqarolik kodeksi tomonidan tartibga solinadi. Kodeks, xususan, fuqarolar huquqlarining tengligini, mulkning daxlsizligini, shartnomaning erkinligini, fuqarolik huquqlari toʻsqinliksiz amalga oshirilishini, buzilgan huquqlar tiklanishini va boshqa huquqlarini kafotlatlaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala