Jamiyat

Soʻxga muntazam aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyildi

© Xokimiyat Ferganskoy oblastiV novom aeroportu eksklava Sox prizemlilsya pervыy samolyot
V novom aeroportu eksklava Sox prizemlilsya pervыy samolyot - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
"Fargʻona – Soʻx" parvozlari dushanba, juma kunlari soat 10:00da va "Soʻx – Fargʻona" yoʻnalishida esa soat 12:00da bajariladi.
TOSHKENT,12 dek - Sputnik. Humo Air aviakompaniyasi "Fargʻona – Soʻx – Fargʻona" yoʻnalishida muntazam qatnovlarni yoʻlga qoʻydi, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi.
Parvozlar 2021 yilning 12 dekabridan boshlanadi. “Humo Air” MCHJ aviakompaniyasi Fargʻona – Soʻx – Fargʻona yoʻnalishida dastlabki bosqichda haftasiga ikki marotaba yoʻlovchi tashuvlari uchun muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.
Parvozlar haftaning dushanba va juma kunlari Fargʻona – Soʻx yoʻnalishida soat 10:00da va Soʻx – Fargʻona yoʻnalishida soat 12:00da bajarilishi rejalashtirilgan. Aviaqatnovlar AN-2 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqani tashkil etadi.
Yoʻlovchilar aviachiptalarni Fargʻona, Andijon va Namangan aeroportlari hamda Soʻx tumani hokimiyati binolarida xarid qilishlari mumkin, deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Soʻxdagi aeroport toʻliq taʼmirdan chiqqani haqida xabar bergan edik. Navobod mahalla fuqarolar yigʻini hududida jadal suratlarda barpo etilgan aerodrom maydoni 7 gektar boʻlib, uning uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 700 metrni tashkil etadi. Aeroportda kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylari bor. Soʻx aeroporti qurilishiga davlat byudjetidan 6,8 mlrd. soʻm (635 ming$) mablagʻ ajratilgan.
Maʼlumot uchun, 2020 yilda Oʻzbekistonning Qirgʻiziston Respublikasi hududi ichida joylashgan eksklavida mahalliy aholi va qoʻshni Qirgʻiziston fuqarolari bilan janjal kelib chiqqan edi. Shundan soʻng Oʻbekiston prezidenti Soʻx tumanini Fargʻona viloyatining Rishton tuman bilan bogʻlaydigan qisqa yoʻl ochish, Soʻxda aeroport qurish, suv bilan taʼminlash, bogʻcha, maktab va shifoxonalar qurish haqida topshiriq bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala