Dunyoda

Turkiyada olti kishida "omikron" aniqlandi

© REUTERS/Murad SezerVzrыv v Stambule
Vzrыv v Stambule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.12.2021
Turkiya Sogʻliqni saqlash vaziri aytishiga koʻra, "omikronga" chalingan fuqarolardan hech biriga shifoxonaga yotib davolanish talab etilmaydi.
TOSHKENT, 12 dek - Sputnik. Turkiyada olti kishida koronavirusning "omikron-shtammi" aniqlandi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib.
"Turkiyada olti kishida "omikron" shtammi aniqlandi.Bir kishi Istanbulda va besh kishi - Izmirda", - dedi Kodja.
Sogʻliqni saqlash vaziri aytishiga koʻra, "omikronga" chalingan fuqarolardan hech biriga shifoxonaga yotib davolanish talab etilmaydi.
"Barcha bemorlarda kasallik juda yengil kechmoqda, ular ambulator kuzatuv ostida, hech qanday muammo yoʻq", - dedi vazir.
Eslatib oʻtamiz, dastlab omikron shtammi noyabr oyining 11 sanasida Afrika qitʼasida bir necha davlatlarda aniqlangan edi. JSST yangi shtammni hali yeatrlicha oʻrganilmagan deb hisoblaydi. Shu kunga qadar "Omikron"dan biror bemor vafot etmadi yoki ogʻir holatga tushmadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala