Video

Yangi yilga archa daraxtini qanday tanlab olish kerak - video

Tirik archa daraxtini qanday tanlab olish kerak, u koʻproq turishi uchun uni qanday saqlash kerak? Ushbu va boshqa maʼlumotlar bilan videolavhamizda tanishing.
Yangi yilda koʻpchilik oʻz uyida tirik archa daraxti boʻlishini orzu qiladi. Lekin archa daraxtini qanday tanlash, Tomiri bilan olib kelingan yoki kesib olingan archani qanday parvarish qilishni hamma bilmaydi.
Sputnik Moldova tahririyati ushbu mavzuda qiziqarli videolavha tayyorladi. Archa yetishtirish qoʻriqxonasi xodimi aytishiga koʻra, archa daraxtini harorat 15 darajadan oshmaydigan xonada saqlash kerak. Tirik archani haftasiga ikki marobata sugʻorish va agar uyda havo issiq boʻlsa kuniga ikki marotaba barglariga suv sepish kerak.
Htto kesib olingan archa daraxti uzoqroq turishi uchun uni sovuq havoda saqlash va pastki qismini nam tuproq bilan oʻrab qoʻyish va vaqti bilan suv quyib turish tavsiya etiladi. Bunday sharoitda archa 1 oygacha saqlanib turishi mumkin.
Shu bilan birga, Yangi yilga archa xarid qilganingizda, ushb daraxt juda sekin oʻsishini unutmang. Archa 1 metrga oʻsishi uchun 5-6 yil vaqt kerak boʻladi, deydi mutaxassis.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala