Jamiyat

Haykal qurishga ajratilgan mablagʻlar nogironlar uy-joyini taʼmirlashga yoʻnaltiriladi

Proyekt Umnogo goroda Nurafshon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2021
Nurafshonda haykal va biznes majmuasi uchun ajratilgan mablagʻlarning bir qismi nogironlarning uy-joyini taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.
TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. Toshkent viloyatining sobiq hokimining haykal va biznes majmuasi qurilish haqidagi farmoni bekor qilindi. Bu haqda viloyat hokimining farmoyishi qabul qilingan.
"Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasini qurish va atrofini obodonlashtirish hamda “Nurafshon Business City” hududida zamonaviy kutubxona binosining qurilishi bekor qilindi", - deyilgan xabarda.
Ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 34 milliard soʻm mablagʻ viloyat mahalliy byudjetiga tiklangan holda — viloyatdagi nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning uy-joylarini taʼmirlash uchun viloyat “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga oʻtkazib berish maqsadida viloyat hokimligiga 1 650 000,0 ming (bir milliard olti yuz ellik million) soʻm mablagʻ ajratilsin, - deyilgan qaror matnida.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yilning 18 noyabr kuni Toshkent viloyatining hokimi Davron Hidoyatov oʻrniga shu kunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan Zoyir Mirzayev hokim vaifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala