Jamiyat

Rossiya MO davlatlari bilan harbiy hamkorlikni kuchaytiradi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishUcheniya stran ODKB v Tadjikistane
Ucheniya stran ODKB v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2021
Markaziy Osiyo hududida xavlar soni oshib borishi tufayli Rossiya 2022 yilda ittifoqdosh davlatlar bir qator harbiy oʻquv-mashqlari oʻtkazishni rejalashtirshgan.
TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. Rossiya 2022 yilda Markaziy Osiyo davlatlari bilan harbiy hamkorlikni oshiradi. Bu haqida Markaziy Harbiy okrug (MHO) qoʻmondoni general-polkovnik Aleksandr Lapin xabar qildi.
"Markaziy Osiyo hududida harbiy havflar soni oshib borishi munosabati bilan, koalitsion qoʻshinlarning harbiy koʻnikmalarini oshirish maqsadida, 2022 yilda birgalikda oʻtkazilayotgan tadbirlar sonini oshiramiz. Ulardan eng muhimi KXSHT tinchlikparvar kuchlari ishtirokida oʻtkaziladigan "Buzilmas qardoshlik - 2022" oʻquv-mashqlaridir", - dedi Lapin.
MHO qoʻmondoni aytishiga koʻra, 2021 yilda Rossiya Markaziy Osiyo hududida 50ka yaqin xalqaro tadbirlar oʻtkazgan. Ulardan asosiylari 10ta ittifoqdosh davlat harbiylari ishtirokida Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston hududida boʻlib oʻtgan 11ta keng koʻlamsli oʻquv mashqlaridir.
Maʼlumot uchun, Markaziy harbiy okrug Rossiyaning 29ta subʼyekti hududida joylashgan. Uning tarkibiga Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza, Qirgʻiziston va Qozogʻiston hududlarida joylashgan Rossiya harbiy bazalari ham kiradi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala