Kolumnistlar

“Telbalar” zanjirdan chiqib ketdi: Amerika urush boshlamoqchimi?

© Commons.wikimedia / Tech. Sgt. Robert J. HorstmanBoeing B-52H AQSH oʻta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti
Boeing B-52H AQSH oʻta uzoq masofaga uchuvchi strategik bombardimonchi samolyoti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2021
Odamlar qanchalik yomon yashasa, shunchalik kurashishga ishtiyoqi koʻpayadi. Urush - yagona ijtimoiy lift, toʻyib ovqatlanish uchun yagona imkoniyat boʻlib qolmoqda.
Hozir Ukraina bilan sodir boʻlayotgan voqealarga anchagina yolgʻon aralashgan. Biz xoh Donbass muammolari, xoh Minsk kelishuvlarining bajarilmayotgani, xoh qoʻshnimizning qanday boʻlmasin NATOga aʼzo boʻlish istagini muhokama qilarkanmiz, bu yerda gap aslida Ukraina haqida ketmayotganini hammamiz yaxshi tushunamiz.
Soʻnggi oʻttiz yil davomida Ukraina, eski sovet gaz quvurlari atrofida joylashgan, bori ham yoʻgʻi ham bilinmaydigan, oʻz tili va kashtali koʻylaklari hamda tunda mashʼal koʻtarib tantanali yurishlari bilan tanilgankulguli sarob va bir dardisar mamlakat edi. Oldin u bir quvurga bogʻliq mamlakat edi, hozir esa quvur boʻshab qoldi va sarob bir zumda tarqalib ketdi.
Oxirida esa - xorijiy davlat tomonidan bosib olingan “Yukreyn” qoldi. Misli dastaksiz jomadon kabi, amerikalik egalari uni oʻzlari bilan olib keta olmaydi. Shu sabab tashlab ketishdan oldin, uning ichi imkon qadar koʻproq portlovchi moddalar bilan toʻldirilmoqda. U hatto shaxmat oʻyinidagi “piyoda” ham emas, shunchaki shashka donasi, uni Rossiya va AQSH oʻz oʻyinlarida kerakli joyga surib qoʻyishmoqda.

Telbalar siyosati

Bu xuddi 2008 yildagi Gruziya kabi, bu AQSH va Rossiya munosabatli haqidagi gapdir. tarixi. Bu bizning birinchi shaxslarimiz muzokaralari, bizning soʻnggi ogohlantirishlarimiz, bizning harbiy va diplomatik faolligimizdir. Va bunda asosiy savol: amerikaliklar bu haqida nima deb oʻylaydi? Ular ff“Yukreyn” uchun jang qilmoqchimi yoki yoʻq? Agar javob - ha boʻlsa, unda u qanchalik jiddiy?
Barcha toʻpolonlarni Senator Rodjer Uikerning bayonnomasi boshlab bergan edi. U Ukrainaga lashkar joʻnatish va Rossiyaga qarshi yadroviy qurol ishlatish toʻgʻrisida oʻylab koʻrish kerakligi haqida vaʼdalar bergan edi. “Bir dyuym ham orqaga yoʻl yoʻq”- deb yozdi u oʻtgan hafta oʻz Tvitterida.
Ammo bu senator u yerda mana shunday ajoyib chaqiriqlar qilib turadigan yagona odam emas. Senator Djoni Ernst “Mudofaa yangiliklari”da aslida mavjud boʻlmagan rus tajovuziga qarshi kurashish toʻgʻrisida butun boshli rejani eʼlon qildi. Unga koʻra Ukrainada rotatsiya asosida NATOning muntazam boʻlinmalari boʻlishi va yerda oʻqish va instruktaj mashgʻulotlarini oʻtkazib borishni talab qilmoqda.
Ernst ham, Uiker ham- respublikachi. Balki ushbu nosogʻlom tajovuzkorlik - aynan ushbu partiyaning oʻziga xos xususiyatidir. Sovet davrida “Eyzenxauer bredit voynoy” (“Eyzenxauer jang deb alahsirab yuribdi”) degan qoʻshiq boʻlarmidi?
Biroq, yoʻq, demokratlar tarafda ahvol yanada achinarli. Prezident Bayden allaqachon NATOning Sharqiy Yevropadagi armiyasini kuchaytirish uchun amerikalik askarlarni joʻnatishga vaʼda bergandi. Uning atrofidagi Viktoriya Nuland boshchiligidagi neokon-demokratlar esa respublikachi “qirgʻiylardan”da shiddatliroq kurashishga tayyor.
Ikki partiyani ham militaristik gʻazab qurshab olgan. “Toʻrt yil davomida Tramp bu telbalarni ushlab turgan edi. Buning uchun u bir umrlik maqtovga sazovor. Tramp davrida maʼnisiz urushlar boʻlmagandi” deya oʻzgacha nostalgiya bilan taʼqidladi FoxNews “bulbuli” Taker Karlson.
Darhaqiqat, Tramp Ukraina haqida butunlay unutib yuborgan va Xitoy kabi muhim oʻyinchilar bilan esa savdo urushlarini olib borishnigina afzal koʻrgandi. Esingizdami, u KXDR bilan haqiqiy mojaro haqidagi birinchi ishoradayoq qanchalar nazokat bilan orqaga chekingan edi. “Tinchlik, doʻstlik va saqich”. Qanday qilib aslida professional quruvchi xalqaro munosabatlarni professional siyosatchilarga qaraganda yaxshiroq tushungan?

Yangi "Karib mojaro"sini kim boshlamoqda

Bir necha marotaba taʼkidlangan, “Yukreyn”dagi mavjud vaziyat Karib inqirozi boshlanishini eslatadi. Bunday inqirozli davrlarda Amerikaning axborot siyosat esa - klassik “bipolyar asab buzilishidir”. Ular toʻsatdan va asossiz oʻzinin u tomondan bu tomonga tashlamoqda. psixopatik tashlanishlar. Bir qarasang “ruslar bostirib kiryapti”, “qochib qol”, “hammamiz oʻlamiz” deb baqirishsa, bir qarasang aksincha - “bombalar bilan kщmib tashlamiz” deb vahima qilishadi.
1960 yilda senator Djon Kennedi hamkasblarini “bu hayot yoki oʻlim masalasi” deya qoʻrqitb Parlamentdan Pentagon uchun pul undirgan edi. Kennedi covetlarning raketalar boʻyicha ancha ustunlikka ega ekanligini taʼkidlab, agar bu ustunlik koʻpayib ketsa ruslar bipr zumda AQShdagi barcha muhim nishonlarga zarba berishini aytib qoʻrqitgan va shu sababli koʻproq mablagʻ kerak, deya taʼkillagan.
1961 yilning iyun oyida Kennedi prezident boʻldi va Venada Xruщev bilan uchrashadi. Xuddi hozirgi Ukraina bilan boʻlgani kabi, oʻsha vaqtda ham rahbarlar boshqa limitrofning taqdirini muhokama qilishadi. Muzokaralar Gʻarbiy Berlin taqdiri haqida edi. Amerikalik jurnalistning xotirlashicha, Venada “Prezident jamoasi sovetlik hamkasblariga Amerikaning yadro quroli boʻyicha ustunligi bilan ochiqchasiga maqtana boshladi va Sovetlarga javob zarbasi berishga yoʻl qoʻymaslik uchun, birinchi zarbani berishga qaror qilishganiga shama qilishadi...”
Venadagi yigʻilish Amerikaning Fidel Kastroni agʻdarish boʻyicha muvaffaqiyatsizlikka uchragan operatsiyasidan koʻp oʻtmay boʻlib oʻtgan edi. Putin va Baydenning dekabrdagi muzokaralari ham Amerika armiyasining Afgʻonistondan sharmandali qochishidan uch oydan soʻng boʻlib oʻtdi.
Vena muzokaralari Berlinning status-kvosini tasdiqladi - Berlin devori quriladigan boʻldi. Gʻarbiy Berlin masalasi oʻttiz yilga muzlatib qoʻyildi. Putin va Bayden oʻrtasidagi muzokaralardan soʻng ham hozircha hech qanday jiddiy oʻzgarishlar yuz bermadi.
Biroq, 1961 yilda Amerikaning tajovuzkor gaplari va Turkiyada raketalarini joylashtirishi, Xruщevni Kubaga raketa yuborishga majbur qildi. “Va Uchinsi jahon urushiga bir qoldirgan Karib mojarosi boshlanib ketdi...”
Oddiy amerikaliklar bugun Yukreyn haqida qanday fikrda? 2014 yilda Washington Post gazetasi “Amerikaliklar Ukraina uchun kurashmoqchimi” mavzusidagi soʻrov natijalarini eʼlon qildi. Respondentlarning atigi 13% urushni oqlagan. Bunga parallel ravishda respondentlarga jahon xaritasida Ukrainani koʻrsatish taklif qilingan. Atigi 16% respondentgina koʻrsatib bera olgan. Soʻrovnoma qiziqarli oʻzaro bogʻliqlikni koʻrsatdi: Ukraina qayerda ekanligini mutlaq bilmaydiganlar u yerga qoʻshin yuborish tarafdorlari boʻlib chiqdi.
Soʻrovnoma xaritasi chindan ham kishini hayratga soladi. Amerikaliklar bir qarasang, Ukrainani Afrikada yoki Hindistonda, bir qarasang Alyaska yoki Islandiyada joylashgan deb koʻrsatishgan. Bu, albatta, shunchaki bilimsizlik emas- bu amerikaliklar avlodlar davomida yashab kelgan axborot pufagining taʼsiridir. Uning ichidagi haqiqat dunyoda boʻlayotgan hodisalarga allachon toʻgʻri kelmaydi. U yerda boshqa geografiya, boshqa siyosat, boshqa iqtisodiyot - umuman hammasi boshqacha.
Ammo bundan ham yomoni, ushbu “matritsa”ni yaratayotgan elita qatlamning oʻzi unga allaqachon ishonib boʻlgan, unga toʻliq singib ketgan va va hamon shunday yashamoqda. Bu borada Garvard bitiruvchilarining aksariyati Missisipi shtatining Tupelo shahridan kelgan oʻqimagan qora tanli onadan umuman farq qilmaydi.

Apokalipsisdan keyingi hayot

2014 yildan boshlab amerikaliklar va ular bilan birgalikda olti milliard aholining barchasini urush qiyinchiliklarga astroydil tayyorlashadi. Bu haqida Gollivud oʻzining umuminsoniy ofatlarga bagʻishlangan blokbasterlarida batafsil hikoya qilib berdi. Barcha halok boʻlgan Yer sharida tirik qolgan bitta-yarimta kishilarni Amerikaning superqahramonlari qutqarib qolishdi. Xullas “apokalipsisdan keyingi davr” janri gullab-yashnadi.
Gollivud tasavvurida “post-ap” juda shinam tasvirlangan. U yerda albatta elektr bilan taʼminlaydigan generator topiladi, benzin esa har doim bor, chiroqlar yonib, ventilyatorlar aylanib turadi. Muzlatkichda esa kokteyl muz kubiklari ham tayyor. Yolgʻiz qahramon esa kimsasiz shaharlar boʻylab kezadi, yaxshi ovqatlanadi, musiqa tinglaydi va beixtiyor uning xayoliga - odamlarsiz oldingidan ham yaxshiroq-ku degan fikrlar keladi.
Faqat ruslar va oʻz yerida urushni boshidan kechirgan xalqlar – urush haqida gentik xotiraga ega. Ular albatta aslida kimsasiz shaharlar chirigan jasadlar bilan toʻlib yotishini, bosh qahramon esa bir zumda qandaydir kallakesarlar tomonidan otib oʻldirilishini yaxshi tushunadilar. Lekin hech qachon urush dahshatini boshidan oʻtkazmagan amerikalar, yadro urushidan keyin hammasi aynan shunday orqa fonda skripka ovozlari eshitilib turgan romantik muhit boʻlishiga ishonishadi.
Kun ora “iqlim muammolari” haqida jar solish ham odamlarni urushdan keyingi qiyinchiliklarga va yetishmovchiliklarga tayyorlashga oʻxshaydi. Har kuni ilgʻor OAV yorugʻ yuzli fuqarolarini soya goʻshti va qovurilgan chigirtkaga isteʼmol qilishga, mol, qoʻy goʻshti, sut, pishloq, qahva va vinodan voz kechishga chaqirmoqda.
Shu oʻrinda oʻz-oʻzidan savol tugʻiladi: agar “oltin milliard” yoppasiga chigirtka yeyishga oʻtsa, Yer sharining qolgan aholisi qanday yashaydi? Ilgari goʻsht, vino va qahva ishlab chiqqan mamlakatlar aholisi nima yeydi? Insoniyat shu darajadagi hayotga ketish uchun, ishlab chiqarish, agrosanoat, taʼminot zanjirlariga nima boʻlishi kerak? Bizga “ekologik halokat” deb aytilayotgan tushuncha aslida global yadro urushining chiroyli metaforasi emasmikan?

Toʻyib ovqat yeyish uchun urush kerak

Bugungi kunda Yevropada sodir boʻlayotgan dahshat esa kichik “Veymar”ga oʻxshaydi. Kambagʻallik, sovuq va ochlik yevropaliklarni chiniqtirib, ularga hatto urush ham bunday hayotdan yaxshiroq ekanligiga dugan tushunchani uqtirishi kerak. Axir “Dahshatli yakun, cheksiz dahshatdan yaxshiroq”. Biroq Amerika ham bunday hayotdan unchalik uzoqda emas.
Odamlar qanchalik yomon yashasa, shunchalik kurashishga ishtiyoqi koʻpayadi. Urush - yagona ijtimoiy lift, toʻyib ovqatlanish uchun yagona imkoniyat boʻlib qolmoqda. Yigirma yil oldingi farovon Ukrainada hech kim NATOga qoʻshilishni xohlamasdi. Bugungi qashshoq Ukrainada aholining qariyb yarmi allaqachon buni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Amerikada ham shu holat. 2021 yilda allaqachon amerikaliklarning yarmi Rossiya bilan jang qilish uchun amerikalik askarlarni yuborishga tayyor edi. Toʻgʻri, soʻrovnoma shu yilning iyul oyida oʻtkazilgan. Ehtimol, Afgʻonistondan soʻng natijalar boshqacha boʻlardi. Bundan tashqari, amerikaliklar saylovlarda ham, statistikada ham xullas hamma joyda koʻproq raqamlar yozib qoʻyishni yoqtirishlari aniq.
Biroq, ommaviy ongni urushga moslashtirish jadal surʼatlarda davom etmoqda va bu tushunarli. Amerika xalqining hayoti jadal tarzda yomonlashmoqda. Koʻrinmas inflyatsiya dollarni obroʻsizlantirish va mamlakatni butunlay qashshoqlikka olib kelishi bilan tahdid qilmoqda. Najot topishning yagona imkoniyati esa Rossiya va Xitoy kabi boy mamlakatlarni talon-taroj qilish boʻlib koʻrinmoqda.
Amerika elitasining oʻzi dunyo hukmronligi tuzogʻiga tushib qoldi. Afgʻonistonda zaiflikni koʻrsatib, keyingi muvaffaqiyatsizlikda ularni hech kim kechirmasligini yaxshi tushunishadi. Sovet davrida amerikaliklar domino tamoyiliga ishongan - agar biror bir mamlakat kommunizm infektsiyasiga duchor boʻlsa, uning qoʻshnilari ham Sovet Ittifoqi taʼsiriga tushib qolishidan qoʻrqishgan.
Bugun esa ular xuddi oʻsha tamoyil oʻz taʼsirini yoʻqotishga duch kelyapti. Mehribon tayvanliklar Xitoy bayroqlarini, bagʻrikeng ukrainlar esa rus bayroqlarini oʻz yashirgan joylaridan chiqarib qoʻyayotganini - Vashington koʻrmasdan iloji yoʻq. "Haqiqiy zoʻravonlar kam", Vashington uchun kurashadigan ahmoq yoʻq. Limitrofik hududlar aholisi asrlar davomida qoʻshinlarni pulemyotlar bilan emas, balki gullar bilan kutib olishga oʻrgangan. Menimcha, koʻpchilik allaqachon guldasta sotib olyapti.
Bu yoʻnalishdagi muvaffaqiyatsizliklardan soʻng Vashington va uning ittifoqchilarini katta zarba kutmoqda. Bunda ularning oʻzlarining sobiq vassallaridan koʻra yomonroq dushmani boʻlmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala