Jamiyat

Yangi yildan Toshkentda jamoat transporti narxi oshadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente
Vozobnovleniye dvijeniya obщestvennogo transporta v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.12.2021
Toshkentda 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab chiptalar narxi 1700 soʻm boʻlishi rejalashtirilmoqda. Soʻnggi bor jamoat transporti narxi 2019 yilda oshirilgan edi.
TOSHKENT, 13 dek - Sputnik. Toshkent shahrida kelgusi yildan boshlab jamoat transporti narxini oshirish renjalashtirilmoqda. Bu haqida Toshkent shahar hokimimining Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtirilgan yangi qarori loyihasida aytib oʻtilgan.

Toshkent shahrida 2022 yil 1 yanvardan boshlab shahr yoʻlovchi transporti - avtobus va metropolitenda bir yoʻlovchi uchun 1700 soʻm, yoʻlovchi bagaji uchun - 3000 soʻm miqdorda narxlar belgilansin, - deyilgan qaror loyihasida.

Shuningdek, turli toifa yoʻlovchilar uchun qatnovlar soniga bogʻliq tarif rejalari narxdalari ham eʼlon qilingan. Unga koʻra
"AV" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 170 ming soʻm;
"AVM" toifa, 30 kun va 180ta qatnov - 236 ming soʻm;
"N" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 85 ming soʻm;
"T" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 85 ming soʻm;
"O" toifa, 30 kun va 130ta qatnov - 85 ming soʻm;
"NM" toifa, 30 kun va 180ta qatnov - 118 ming soʻm;
"O'M" toifa, 30 kun va 180ta qatnov - 118 ming soʻm;
"B" toifa, 30 kun va 60ta qatnov - 0;
Eslatib oʻtamiz, Toshkent shahrida jamoat transporti narxi soʻnggi bor 2019 yilning avgust oyida oshirilgan edi. Shundan buyon bugungi kunga qadar avtobus va metroda bir yoʻlovchi uchun chipa narxi 1400 soʻmni tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala