Hodisalar

Jayron va yovvoyi quyonlarni ovlagan brakonyerlar qidirilmoqda - foto

© Sputnik / Stanislav Korыtnikov / Fotobankka oʻtishDjeyran
Djeyran - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Brakonyerlar 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyonni otib oʻldirdi, prokuratura tekshiruv boshladi.
TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasining Nukus shahar, Taxiatosh, Taxtakoʻpir tumani inspektorlari hamkorlikda Taxtakoʻpir tumanida tezkor reyd tadbirlari amalga oshirildi.
Tadbir davomida Taxtakoʻpir tumani "Qonыratkol" OFY choʻl zonasining “Tasbergen” kran atrofida nomaʼlum shaxslar “Uaz 469” rusumli rangi kulrang (belaya noch) avtomashina bilan turganligi aniqlangan. Davlat ekologiya qoʻmitasi xabariga asosan.
Nomaʼlum shaxslar inspektorlarning yaqinlashayotganligini koʻrib, voqea joyidan yashirindi. Inspektorlar ularning 5 km masofagacha izidan bordi. Shunga qaramay ular qochib ketishga ulgurdi.
Voqea joyidan gilza, idish-tovoq, pichoq, bolta, qiyim-bosh va “Qizil” kitobga kiritilgan jayron (14), yovvoyi quyon (5) aniqlandi.
Ular qoldirgan ashyolar ichida M.M. nomiga xorijdan T.M. dan 12 oktyabr kuni chet el valyutasida pul oʻtkazilganini tasdiqlovchi kvitantsiya topildi.
Huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda qochoq brakonyerlarni qoʻlga olish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Davlat inspektorlari dalolatnoma tuzilib, voqea joyi video tasvirga oldi. Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala