Kolumnistlar

“Jihod” davom etmoqda: ID* Oʻzbekistonga tahdid solmoqda

© AFP / Noorullah ShirzadaBoyeviki IG (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v RF) i dvijeniya "Taliban" v politseyskom otdelenii v Afganistane
Boyeviki IG (terroristicheskaya organizatsiya, zapreщena v RF) i dvijeniya Taliban v politseyskom otdelenii v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Tolibon* Afgʻonistonning aksariyataholisi bilan qurolli kurashni davom ettirmoqda, ayniqsa oʻzbek va tojiklarga qarshi qattiq kurashmoqda. Bir vaqtning oʻzida “amirlikda” ID*ning terrorchilik faoliyati ham oʻsib bormoqda va qoʻshni Oʻzbekistonga ham taʼsir oʻtkazmoqda.
TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. Afgʻonistonda paydo boʻlgan yangi kuch majburlashning repressiv usullariga tayanmoqda. Tolibonni* noyabr oxirida Jauzjan viloyati Darzab hududida 1000ga yaqin oʻzbek va turkmanlarni oʻz uylaridan quvib chiqarishda ayblashmoqda. Shuningdek pushtunlar oʻzbek va turkmanlar asrlar davomida egalik qilgan 8000 gektar yerini tortib olishda ayblashmoqda.
Tolibon* Afgʻonistonning besh viloyatida yuzdan ortiq hazora millatiga mansub shiya musulmon oilalarini oʻz uylaridan quvib chiqarganidan soʻng oʻzbeklarni ham taʼqib qila boshladi. Mol-mulkni qayta taqsimlash boʻyicha ushbu “revolyutsion” harakat sentyabr oyining boshida boshlangan edi. Uning maqsadi – Tolibon* harakati tarafdorlari, yaʼni pushtunlarni ragʻbatlantirish va unga qarshi boʻlganlarni (asosan oʻzbek, tojik va hazoralarni) jazolashdir. Mahalliy hokimiyatlar faqat bir etnik guruh manfaatlarini himoya qilgan holda, aholi arz-dodlariga quloq solmayapti.
Bu bilan toliblar hukumatdan norozi boʻlgan afgʻonlar sonini oshirmoqda va Tolibon*ga qarshilar tobora koʻproq, oʻzining teng huquqli xalqrao tashkilot ekanini alohida taʼkidlayotgan, “Islomiy davlat”* safiga qoʻshilmoqda.
Afgʻonistond etnik oʻzbeklarning Tolibon* tomonidan siquvga olinishi – Oʻzbekistonda ID*ning mafkuraviy va tuzilmaviy kengayishi uchun asos yaratmoqda. Ushbu islomiy harakat oʻzining kengayishi uchun Oʻzbekiston hududini ehtimoliy maydon sifatida koʻrib chiqmoqda. Toshkentning KXSHTga qaytmayotgani va kollektiv xavfsizlik vositalaridan foydalanmayotgani ularga qoʻl kelmoqda. Oʻzbekiston esa – tashqi tahdidlarga qarshi diplomatik uslubda kurashishga qaror qilgan va hech kim tan olmagan “Afgʻoniston islom amirligi” bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda.
Tolibon*ga mafkuraviy yaqin boʻlgan “Al-Qoida”ning tobora kuchayib borayotgani operativ vaziyatni yanada yomonlashtirmoqda. Afgʻoniston shimolida ushbu guruhning 2000 yaqin jangarilari toʻplanib qolgan. 2020 yilning 29 fevralida imzolangan Doxa shartnomasiga koʻra, Tolibon* “Al-Qoida”* bilan barcha kelishuvlarni bekor qilishi kerak edi, lekin bunday boʻlmadi va kelajakda ham bunday boʻlishi amri mahol.

Qobuldagi portlashlar va Panjsherda toʻp otish

Afgʻoniston (pushtunlarning) diniy-millatchi davlatiga aylanib bormoqda. U yerda hukumat mamlakatdagi 80ta millat va elatlar manfaatlarini himoya qilishga qodir emas. Ushbu jiddiy ziddiyat Afgʻonistonni koʻp yillik notinchlikka va xalqaro terrorchilar soni oshishiga yetaklaydi. Qoʻshni Markaziy Osiyo davlatlari bundan hech qanday yaxshilik kutishi kerak emas.
Afgʻoniston poytaxtida ID terrorchilari 10 dekabr kuni uchta terrorchilik akti uyushtirishdi, bir necha kishi qurbon boʻldi. Qobul va boshqa viloyatlarda qoʻlbola bombalarning doimiy ravishda portlatilib kelayotgani yangi hukumatning samarasizligidan dalolat beradi.
Markazdan uzoq hududlarda ID* tolibonga hujumlar uyushtirib hatto ularning harbiy qoʻmondonlarini ham oʻldirmoqda. Masalan 8 dekabr kuni Afgʻonistonning shimoli-sharqiy Badaxshon viloyatida ana shunday voqea sodir boʻldi. Toliblar avgustda qamoqxonadan barcha mahbuslarni ozod qilganda, ehtimol ID* ga oʻz qoʻllari bilan koʻmak berishgan.
Militant Wirexalqaro nashri yozishiga koʻra, ID*ning mahalliy boʻlinmasi (Vilayat Xorasan) Oʻzbekistonda yashirin boʻlinmalar tuzgan va “Toshkentni nishonga olgan”. Ularning asosiy mafkurasi: toliblar, ID*ni birinchi kundan qoʻllab-quvvatlagan, Suriya, Iroq va boshqa qaynoq nuqtalarda “jihod”larda ishtirok etgan etnik oʻzbeklarga qarshi. Tolibon axborot urushida yutqazmoqda va ID* propagandistlari minglab oddiy afgʻonlarni Tolibon* hukumati – “Amerikaning qoʻgʻirchogʻi” deya ishontira olgan.
Boshqa tomondan “Al-Qoida”* BMTni ham tanqid qilib kelmoqda va uning beshta doimiy aʼzolari – Xitoy, Frantsiya, Rossiya, Britaniya va AQShni – dunyodagi eng katta jinoyatchilar deb taʼriflamoqda. Ehtimol bu toliblarga haqiqiy ittifoqchilar va qadriyatlarni esga solgan. Afgʻon qozoni qaynamoqda va uning qopqogʻi istalgan vaqt otilib ketishi mumkin.
Ushbu vaziyatda toliblarning birinchi navbatda iqtisod emas havo-harbiy kuchlarini tiklashi va Avgust oyida olib qochilgan texnikani Afgʻonistonga qaytarish istagi xavotir uygʻotadi.
Dekabr oyining boshida Tolibon* muvaqqat hukumati rahbari oʻrinbosari mulla Abdul Gʻani Barodar Oʻzbekistondan afgʻon uquvchilar tomonidan olib qochib ketilgan samolyot va vertolyotlarni qaytarishni talab qilishdi. Pentagon va NATOning Afgʻonistonda uzoq vaqt davomida olib borgan faoliyati partizanlarga qarshi janglarda harbiy aviatsiyaning foydasiz ekanini namoyish qildi. Tolibon HHKning asl maqsadi nima ekani – hozircha nomaʼlum.
Afgʻonistonda ID* xavfi oshib borishi bilan bir vaqtda, Tolibon kichik-Maʼsud va sobiq vitse-prezident Amrulla Solih boshchiligidagi shimoliy Alyans qarshiligini inkor eta olishmaydi. Qoʻzgʻolonchilar Panjsher darasining katta qismini nazorat ostida ushlab turishibdi. U yerda hozirgacha toʻqnashuvlar boʻlib turibdi. Ehtimol jangovar aviatsiya toliblarga aynan oʻsha yerda kerak.
Toshkentda 13 dekabr kuni Oʻzbekiston va AQSH ishtirokida strategik hamklik Suhbati boʻlib oʻtdi. Kelajakda “Qobul – Toshkent – Vashington” uchburchagida munosabatlar qanday tus olishi mumkinligi hozircha tushunish qiyin. Lekin, Oʻzbekiston oldida murakkab harbiy diplomatik manyovrlar turgani aniq.
Nima boʻlganda ham, birinchi navbatda hududiy xavfsizlik va hududda real kuch boʻlgan KXSHT bilan integratsiyani mustahkamlash kerak. Amerikalik “hamkorlar” esa oʻtgan 20 yilda Afgʻoniston va Markaziy Osiyoda oʻz imkoniyatlarini toʻla-toʻkis namoyish qilishdi.
*Rossiya va dunyoda taʼqiqlangan terrorchi guruh
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala