Migratsiya

Migrantlarning daromadlari: deputatlar yangi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi

© AFP / MARVIN RECINOSDollarы
Dollarы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Deputatlar “Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini koʻrib chiqishdi.
TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. "Tashqi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Qonun loyihasining maqsadi quyidagilardan iborat:
- tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi munosabatlarni qonun darajasida mustahkamlash;
- xalqaro hujjatlardagi qoidalarning xususan, majburiy mehnatga, migrantlarning sogʻligʻiga ziyon yetkazuvchi sharoitlarda ishlash uchun jalb etishga yoʻl qoʻymaslik kabi qoidalarni milliy qonunga implementatsiya qilish;
- tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatlarini belgilash;
- fuqarolarning mamlakat tashqarisidagi faoliyatini tashkil etish, ularni uyushgan holda ishga joylashtirish hamda chet ellik fuqarolarni Oʻzbekistonda mehnat qilish uchun jalb etishning huquqiy mexanizmlarini belgilash.
Qonun loyihasida mehnat migrantlarining daromadlari ikki tomonlama soliqqa tortilmasligi belgilanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala