Dunyoda

Qirgʻizistondan qochgan Asqar Akayev yana vatanga qaytdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMoskovskiy ekonomicheskiy forum
Moskovskiy ekonomicheskiy forum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Qirgʻiziston birinchi prezidenti Asqar Akayev yana mamlakatga keldi.
TOSHKENT, 14 dek — Sputnik. Qirgʻiziston birinchi prezidenti Asqar Akayev yana mamlakatga keldi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib xabar qildi.
Sobiq prezidentning nima sababdan kelganiga aniqlik kiritilmadi.
Eslatib oʻtamiz, 2021 yil avgust oyida Asqar Akayev tergov harakatlarini oʻtkazish va huquq-tartibot idoralarining masalalariga oydinlik kiritish uchun Bishkekka uchib ketgandi.
Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, Akayev “Qumtor” ishi boʻyicha “tergov bilan faol hamkorlik qildi”. Avvalroq Akayev 1992 yilda “Qumtor” loyihasi boʻyicha bosh kelishuvni tuzish, 1994 yilda unga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, 2003 yilda “Kameko” kompaniyasi bilan bosh kelishuvni qayta tuzish chogʻida korruptsiyada gumon qilingani haqida ogohlantirilgandi.
U Qirgʻizistonda bir necha kun qolib, parvoz oldidan videomurojaat eʼlon qildi, unda nima sababdan mamlakatga qaytganini tushuntirib, “Qumtor” loyihasi boʻyicha kelishuvlar respublika uchun foydali emasligini tan oldi. Shuningdek, u hujjatlarni nima uchun imzolangani haqida gapirib berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala