Jamiyat

Rossiya talabalar poytaxti oʻzbekistonlik abituriyentlarni oʻqishga taklif etadi

© Press-slujba TUSURLektsiya v TUSURe
Lektsiya v TUSURe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Sunʼiy intellektni oʻrganish, inson salomatligini uchun biotexnologiyalar ishlab chiqish yoki tajribali mutaxassislar rahbarligida IT-startap ochish - bularning barchasini talabalik davrining oʻzidayoq amalga oshirish mumkin.
Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti (TUSUR) Oʻzbekiston abituriyentlarini yangi oʻquv yilida bakalavriat, mutaxassislik va magistratura yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishga taklif etadi. Hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 1 iyundan boshlanadi, deya xabar berdi universitet matbuot xizmati.
© Press-slujba TUSURGlavnыy uchebnыy korpus TUSURa
Glavnыy uchebnыy korpus TUSURa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Glavnыy uchebnыy korpus TUSURa

Ichkaridan nigoh/ Talabalar nima deydi?/Yangi hayot

Bugungi kunda TUSURda dunyoning 36 davlatidan 14 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda, ulardan 746 nafari Oʻzbekistondan. Universitet maʼlumotlariga koʻra, oʻzbekistonlik talabalar "Iqtisodiyot", "Menejment", "Informatika va kompyuter injiniringi", "Huquq", "Elektronika va nanoelektronika", "Texnik tizimlarda menejment", "Dasturiy taʼminot injiniringi" yoʻnalishlarini tanlaydilar."Amaliy informatika", "Biznes informatika".
“TUSURga oʻz-oʻzidan oʻqishga kirdim desam boʻladi: doʻstimni qoʻllab-quvvatlash uchun imtihon topshirishga birga borgandim. Natijada, doʻstim talaba boʻldi, lekin menga ballar yetmadi. Taslim boʻlmaslikka qaror qildim va rus tili, matematika, fizika va informatika fanlaridan kirish imtihonlariga qizgʻin tayyorgarlik koʻra boshladim. Keyin esa men oʻzimni Rossiyaning talabalarga boy shahri - Tomskda topdim. Hozir bakalavriat bosqichining “Fotonika va optoinformatika yoʻnalishi boʻyicha 1-kursda tahsil olyapman, – deydi TUSUR talabasi Bek Mirzarahimov (Angren sh.)
© Press-slujba TUSURBek Mirzaraximov
Bek Mirzaraximov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Bek Mirzaraximov
Birinchi kurs talabasining fikricha, universitetda oʻqish oson emas, ammo qiziqarli. Mirzarahimov 3D figuralarni (muhandislik grafikasi) loyihalashni yaxshi koʻradi.
"TUSUR talabalar uchun koʻplab imkoniyat eshiklarini ochadi. Masalan, men universitet matbuot xizmatida ham ishlayman – video montaj qilish bilan shugʻullanaman. Kelajakda animatsiyalar yaratmoqchiman va moushn-dizaynni oʻrganmoqchiman", deydi u.
Universitetda 20 dan ortiq madaniy-ijodiy toʻgaraklar, 25 ta talabalar oʻzini oʻzi boshqarish birlashmalari, 29 ta sport toʻgaraklari, volonterlar va tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari bor.

Kremniy vodiysi va ruscha Space-X/ Talabalar tadbirkorligining tortishish nuqtasi

TUSUR elektron, raketa-kosmik va IT sohalarida kadrlar tayyorlash boʻyicha Rossiya taʼlimida yetakchi. Universitet bakalavriat va mutaxassislar tayyorlashning 31 ta yoʻnalishi, shuningdek, 20 ta magistratura dasturilarini amalga oshiradi. Bundan tashqari, universitet talabalarning texnologiya tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirishga faol hissa qoʻshib kelmoqda.
2004 yilda universitet negizida Rossiyada ilk universitetlararo “Doʻstlik” talabalar biznes inkubatori (TBI) ochildi. U axborot texnologiyalari va elektronika sohasida ilmiy yuqori texnologiyali biznesni yaratishni taʼminlaydi. 18 yil davomida universitet inkubatori devoridan yillik umumiy aylanmasi 70 milliard rubldan ortiq boʻlgan 210 dan ortiq muvaffaqiyatli kichik innovatsion korxonalar paydo boʻldi", deya taʼkidladi universitet matbuot xizmati.
© Press-slujba TUSURNauchno-issledovatelskaya deyatelnost v TUSURe
Nauchno-issledovatelskaya deyatelnost v TUSURe - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Nauchno-issledovatelskaya deyatelnost v TUSURe
Shuningdek, universitetda talabalar va bitiruvchilarga yordam beradigan Bandlikka koʻmaklashish markazi tashkil etilgan. Masalan, universitetda talabalar potentsial ish beruvchilar bilan uchrashadigan "Karyera kunlari" tashkil etiladi. Mashhur ish qidirish xizmati Superjob maʼlumotlariga koʻra, 2021 yilda TUSUR ish haqi boʻyicha texnik universitetlar reytingida 15-oʻrinni egalladi (https://students.superjob.ru/reiting-vuzov/it/). IT sohasida ishlaydigan universitet bitiruvchisining oʻrtacha ish haqi 105 ming rublni tashkil qiladi.
Universitet strategik hamkorlari orasida "AVTOVAZ" AJ, "Ijev Radiozavod"i, "Rele texnologiyasi boʻyicha maxsus konstruktorlik va texnologik byurosi" AJ, "EleSi" OAJ, "Surgutneftegaz" OAJ, "Tomskneftexim" MCHJ, Roskomnadzor,(Tomsk viloyati) "Moliyaviy texnologiyalar markazi" OAJ, “Yangi qidiruv texnologiyalari” MCHJ, “VTB Banki” XAJ va h.k. bor.
© Press-slujba TUSURTUSUR s vыsotы ptichyego poleta
TUSUR s vыsotы ptichyego poleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
TUSUR s vыsotы ptichyego poleta
Bundan tashqari, universitet Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi kompyuter texnologiyalari akademik litseyi hamda Toshkent axborot texnologiyalari univestiteti bilan hamkorlik qiladi.

Qabul qoidalari

OTM ga hujjatlarni bir necha usulda: universitetning rasmiy veb-sayti abiturient.tusur.ru da onlayn tarzda, pochta orqali hamda Tomskdagi universitetning qabul komissiyasida shaxsan (yoki vakil orqali) topshirish mumkin. Chet ellik abituriyentlar uchun kirish test sinovlari katta ehtimol bilan masofadan oʻtkaziladi, deydi chet ellik talabalar bilan ishlash boʻyicha yetakchi ekspert, akademik mobillik dasturlari koordinatori Mariya Afanasyeva.
“Oʻtgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli test sinovlari onlayn tarzda oʻtkazilgan edi. Katta ehtimol bilan, 2022 yilda ham masofaviy tarzda boʻlib oʻtadi. Bundan tashqari, koʻplab MDH mamlakatlarida tashrif komissiyalari faoliyat yuritadi, shu sababli imtihonlarni oʻz shahringizda ham topshirishingiz mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda va universitet veb-saytida eʼlon qilamiz", - deya izoh berdi u.
Byudjet oʻrinlari uchun tanlovda Oʻzbekiston fuqarolari vatandoshlik maqomini tasdiqlagan holda ishtirok etishlari mumkin. Bundan tashqari, xorijlik abituriyentlar oʻzlari qiziqqan yoʻnalishni tanlab, toʻlov asosida oʻqishga kirishlari mumkin.
© Press-slujba TUSURZimniy studencheskiy dosug
Zimniy studencheskiy dosug - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Zimniy studencheskiy dosug

Chegaradan oʻtish

Hozirda COVID-19 sababli chet ellik abituriyentlar uchun Rossiyaga kirish uchun maxsus qoidalar mavjud.
“Birinchi bosqich- oʻqishga qabul qilingandan kamida 10 kun oldin elektron pochta orqali universitet bilan bogʻlanish va mamlakatga kirish boʻyicha koʻrsatmalar olish zarur. Ikkinchi bosqich –mamlakatga kirishdan kamida uch kun oldin PTSR testi orqali koronavirus infektsiyasini tekshiruvidan oʻtish kerak, - deya qoʻshimcha qildi Afanasyeva.
Chegaradan oʻtish va yotoqxonaga kirishda, ekspert taʼkidlaganidek, abituriyentlar rus va ingliz tillarida PTSR testining salbiy natijasi koʻrsatilgan tibbiy maʼlumotnoma, shuningdek, mamlakatga kirish maqsadini tasdiqlash uchun universitetga qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi guvohnomanikoʻrsatishlari lozim. Rossiyaga kirish qoidalari boʻyicha toʻliq koʻrsatmalar bilan universitet veb-saytida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala