Jamiyat

Taxtaqoracha dovoni qayta ochildi - FVV

© totenherzPereval "Taxtakoracha"
Pereval Taxtakoracha - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Favqulodda vaziyatlar vazirligining saʼy harakatlari natijasida bugun tongda Taxtaqoracha dovoni qayta ochildi.
TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. "Taxtaqoracha" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi, deb xabar qilmoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Faqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tegishli tashkilotlarning xodimlari tomonidan olib borilgan zururiy tadbirlar natijasida soat 08:20 da "Taxtaqoracha" dovoni avtomobil harakati uchun qayta ochildi, - deyilgan xabarda.
Maʼlumot uchun, 13 dekabr kuni "Taxtaqoracha" dovonida tinimsiz qor yogʻishi oqibatida yoʻlning yuza qismida muzlamalar xosil boʻlganligi bois, avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, M-39 "Toshkent - Termez" yoʻli Taxtaqoracha dovoni orqali Samarqand viloyatining Urgut tumanini Qashqadaryo viloyatining Kitob tumani bilan bogʻlab turadi. Dovon balandligi dengiz sathidan 1780 metrni tashkil qiladi. Ushbu yoʻl orqali har qanday ob-havoda avtobuslar harakati taʼqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala