“Uralxim” va "O‘zkimosanoat" investitsion kelishuvga erishishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii "Uralxim"
Prezident Uzbekistana prinyal glavu rossiyskoy kompanii Uralxim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Obuna bo‘lish
"Uralxim" va "O‘zkimosanoat" hamkorligi natijasida O‘zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlanishi, hamkorlikda ishlab chiqariladigan mahsulotlar yangi jahon bozorlarini egallashi kutilmoqda.
TOShKENT, 14 dek - Sputnik. "O‘zkimosanoat” AJda Rossining “Uralxim” AJ bosh direktori Dmitriy Mazepin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "O‘zkimosanoat".

Uchrashuv doirasida O‘zbekiston kimyo sanoatini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bir qator investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ushbu kelishuv asosida “Yo‘l xaritasi” imzolandi, - deyilgan xabarda.

Ana shuday loyihalar orasida quyidagidar bor:
Toshkent viloyatida yangi fosforli va murakkab o‘g‘itlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
“Navoiyazot” AJ negizida tashkil etilayotgan kimoviy klasterda kichik hajmli kimoviy mahsulotlar ishlab chiqarish;
“Dehqonobod kaliy zavodi” AJda tog‘-kon ishlarining samaradorligini oshirish, kabilar bor.
Uchrashuvda, “Uralxim” AJ bosh direktori Mazepin O‘zbekistonda so‘nggi besh yilda olib borilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni rivojlantirish, davlat ishtirokidagi korxonalar transformatsiyasini amalga oshirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari va xususiylashtirishga qaratilgan iqtisodiy islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tdi.
© UzkimosanoatPeregovori "Uralxim" i "Uzkimosanoat"
Peregovori Uralxim i Uzkimosanoat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2021
Peregovori "Uralxim" i "Uzkimosanoat"
Shuningdek, Mazepin "Uralxim" tomonidan O‘zbekistonda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari natijasida O‘zbekiston kimyo sanoatini yanada rivojlanishiga, hamkorlikda ishlab chiqariladigan mahsulotlar yangi jahon bozorlarini egallashiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Uralxim” AJ direktorlar Kengashi a’zosi va bosh direktori Dmitriy Mazepinni 9-dekabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ham qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0