Jamiyat

Yangi yilda necha kun dam olish boʻladi?

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishUkrasheniye novogodney yelki
Ukrasheniye novogodney yelki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.12.2021
Bu yil Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar 5 kun dam olishi mumkin. Rasmiy 3 ta dam olish kunlariga prezident qaroriga asosan yana 2 kun qoʻshib berilishi mumkin.
TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. Bu yilgi Yangi yil bayramida Oʻzbekistonda 5 kun ketma-ket dam olish kunlari eʼlon qilinishi mumkin. Bu haqida yangi Prezident Qarori loyihasida aytib oʻtilgan.
Oʻzbekistonda quyidagi dam olish kunlari kutilmoqda:
31 dekabr — juma kuni Prezidentning oʻtgan yilgi farmoni asosida ish haftasidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun dam olish kuni sifatida belgilangan.
1 yanvar — shanba kuni esa Mehnat kodeksi boʻyicha Yangi yil bayrami, yaʼni ishlanmaydigan kun.
2 yanvar — yakshanba ham barcha uchun dam olish kuni.
3 - 4 yanvar — ish haftasidan qatʼi nazar barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni sifatida belgilash boʻyicha Prezident Farmoni loyihasi ishlab chiqilgan.
Agar ushbu Farmon imzolansa, unda oʻzbekistonliklar Yangi yil bayramida ketma-ket 5 kun (31, 1, 2, 3, 4) dam olishi mumkin. Bloger Xushnudbek xabari asosida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala